Universitet raqamlarda

TIQXMMI – Milliy tadqiqot universiteti: Qisqacha ma'lumot

Tashkil topgan yili: 1934

Ta'lim dasturlari va fakultetlar

  • Bakalavriat dasturlari: 40 ta
  • Magistratura dasturlari: 36 ta
  • PhD (doktorantura) dasturlari: 22 ta
  • Fakultetlar: 7 ta
  • Kafedralar: 36 ta

 Talabalar kontingenti

  • Umumiy talabalar soni: 11 055 dan ortiq
  • Bakalavr talabalari: taxminan 10 256 nafar
  • Magistrantlar: 276 nafardan ortiq
  • Xorijiy talabalar: 329 nafar

Ilmiy-pedagogik xodimlar

  • Umumiy professor-o‘qituvchilar soni: 538 nafar
  • Akademiklar: 2 nafar
  • Fan doktorlari (professorlar): 81 nafar
  • PhD darajasiga ega o‘qituvchilar (dotsentlar): 218 nafar
  • Katta o‘qituvchilar: 241 nafar

Xalqaro hamkorlik

  • Hamkor tashkilotlar: 26 ta davlatdagi 80 dan ortiq universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Ular qatorida Yevropa Komissiyasining Erasmus+, Erasmus Mundus, TEMPUS dasturlari, USAID va BMBF kabi yirik loyihalar mavjud.


TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti 2025 yilda qator xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishdi. 

Xususan:

•  QS World University Rankings 2025: =469

•  THE World University Rankings 2026: =501

•  QS Asia University Rankings 2025: Osiyoda =103, Markaziy Osiyoda 4-o‘rin

QS Subject Rankings 2025:

•  Muhandislik va texnologiya – 401–450

•  Atrof-muhit fanlari – 351–400

THE Subject Rankings 2026:

•  Muhandislik (Engineering) – 501–600

•  Tabiiy fanlar, matematika va statistika (Natural Sciences, Mathematics & Statistics) – 301–400

THE Impact Rankings 2025:

•  Umumiy natija – 201–300

•  SDG 13 (Iqlim harakati) – 101–200

•  SDG 7 (Arzon va toza energiya) – #14

•  SDG 2 (Ocharchilikka barham berish) – #16

O‘zbekiston OTMlari orasida: barcha reytinglar kesimida barqaror ravishda 1-o‘rinni egallab kelmoqda.


Kampus infratuzilmasi

  • 24 ta ilmiy va o‘quv laboratoriyalari
  • 5 ta asosiy o‘quv binosi

TIQXMMI Almatidagi filiali 2024 yilda tashkil etilgan.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti 2022 yilda TIQXMMI tarkibida tashkil etilgan.