Ko`p beradigan savollar
Javoblar varaqasi nima?
Javoblar varaqasi bu
test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida
tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning
bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.
Test topshiriqlari kitobi
nima?
Test topshiriqlari kitobi belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami.
Abituriyent test sinovlariga
qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?
Abituriyent
ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va
vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. Abituriyent
test sinoviga qatnashish vaqti va kunini Davlat test markazining rasmiy
veb-sayti orqali ham bilib olishi mumkin.
Abituriyent agar test
sinovlariga kechikib qolsa, boshqa biror kun va vaqt ajratilishi mumkinmi?
Abituriyent
ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va
vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Abituriyentlarga beriladigan
savollar nimaga asoslanib tuziladi?
Test topshiriqlari
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari o‘quv
dasturlariga muvofiq tuziladi.
Abituriyentlarga beriladigan
test topshiriqlari kitobida nechta fandan test topshiriqlari bo‘ladi?
Abituriyentlar tanlagan
ta'lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi
bo‘yicha test sinovini topshiradi.
Test topshiriqlari kitobidagi
har bir fan nechta savoldan iborat bo‘ladi?
Test topshiriqlari
kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
Abituriyentga test
topshiriqlarini bajarish uchun qancha vaqt ajratiladi?
Test topshiriqlarini
bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test
topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga
3 soat vaqt belgilanadi.
Abituriyentlarning test
natijalari qachon va qanday tartibda e'lon qilinadi?
Abituriyentlarning
talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda
tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi hamda oliy ta'lim
muassasalariga yetkaziladi.
Abituriyentlarning test
topshiriqlari qayerlarda o‘tkaziladi?
Test sinovlari Toshkent
shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning
hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, shuningdek, katta
sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa – olimpiya zaxiralari
kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.
Davlat test markazi tomonidan
taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan)
to‘g‘risidagi sertifikatga ega abiturientlar qanday imtiyozlar beriladimi?
Davlat test markazi
tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat
namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan
abiturientlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim
etganda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar
majmuasiga chet tili fani (ingliz, fransuz, nemis) kiritilgan yo‘nalishlarda
mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili
fanidan test sinovi topshirmaydi.
Qanday holda hollarda
abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi?
Test sinovlari
o‘tkaziladigan xududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval,
kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa
vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilganda, olib kirganda yoki
ulardan test sinovlari davomida foydalanganda; test materiallarini boshqa
abiturientga uzatganda yoki ularga yordam berganda; test materiallarini binodan
tashqariga olib chiqqanda, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtganda; test
sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini
topshirishdan bosh tortganda; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali
abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmagan holatlar abiturient test
sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Abiturient test sinovlari
natijasidan norozi bo‘lsa, apellyasiya shikoyatini berish tartibi qanday amalga
oshiriladi?
Test sinovlari
natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar 20 avgustdan 30 avgustgacha
(belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni
ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya
komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son “Oliy ta'lim
muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida” qarorining 1-ilovasidagi Nizomga muvofiq yozma yoki elektron
shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega. Abiturientga apellyasiya
shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma
beriladi. Apellyasiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.
Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj bo‘lishi kerakmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.Unga ko‘ra mazkur qarorning 2-ilovasi 38-bandidan “talabgorlardan kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakllariga topshirish uchun nechta maqola bo‘lishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandi uchinchi xatboshiga ko‘ra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;10-bandi uchinchi xatboshisida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish lozim.
Mustaqil izlanuvchilik uchun rektordan tavsiyanoma olish shartmi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 4 bob 41-bandiga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:
- isqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Mustaqil izlanuvchilikka 2 yillik pedstaj tashqi o‘rindoshlik shaklida amalga oshirilib, bu haqda mehnat shartnomasida tegishli yozuv yuritilmagan bo‘lsa, qabul vaqtida e’tiroz bo‘lmaydimi?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.
Talabgor muddatdan oldin himoya qilsa qolgan stipendiyani to‘lab beriladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi. tamom bo‘lishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrug‘i bilan o‘qish muddatining qolgan davri (muddati) uchun ko‘zda tutilgan tegishincha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun to‘lovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 20 kun muddatda bir martalik beriladigan mukofot to‘lanadi.”
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada o‘qish vaqtida shaxsiy ish yuzasidan xorijiy davlatlarga borish mumkinmi?
Shaxsiy ish yuzasidan faqat ta’til davrida chiqishi mumkin. O‘qish davrida faqat rasmiy stajirovkaga, konferensiyalarga, ilmiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarga borishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 3 bob 32 bandida ko‘rsatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Yangi nizomda xalqaro ro‘yxatga kirgan jurnallarda maqola deyilgan u qanday maqolalar?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar.
http://daraja.ilmiy.uz Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada o‘qish vaqtida shaxsiy ish yuzasidan xorijiy davlatlarga borish mumkinmi?
http://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali OTM yoki ilmiy tashkilotga yuborilgandan so‘ng boshqa o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi. Agar hujjatlaringizda kamchilik bo‘lsa, u holda hujjat yuborilgan OTM/ilmiy tashkilot vakili hujjatlarni qaytargandan so‘ng, siz o‘zgartirishlarni kiritib qaytadan yuborishingiz mumkin bo‘ladi.
http://daraja.ilmiy.uz veb-saytidagi “Talabgorning ilmiy ishlari haqida ma’lumotlar” bo‘limiga qaysi ma’lumotlar kiritiladi?
Talabgor tomonidan chop etilgan tezis va maqolalari kiritiladi.
Maqola dissertatsiya mavzusida bo‘lishi shartmi?
Albatta. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9 va 10 bandlarida berilgan.
Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferensiyalarda chiqqan bo‘lsa ham bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.
Elektron tizimga faoliyat davomidagi barcha maqola tezislarni kiritish yoki faqat yoqlamoqchi bo‘lgan ilmiy mavzu bo‘yicha kiritish kerakmi?
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha barcha maqola va tezislarni kiritish tavsiya qilinadi, ammo minimal talablar bajarilishi yetarli.
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.
Stajyor-tadqiqotchilikka kvota so‘rash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori 2-ilovasi 13-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar bo‘yicha OTM va ilmiy tashkilotlar o‘zining yuqori turuvchi vazirlik va idoralar orqali Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat etishi belgilangan.
Ariza qaysi shaklda va kimga yoziladi?
Ariza hujjat topshirilayotgan OTM yoki ilmiy tashkilot rahbari nomiga yozilishi lozim.
Mustaqil izlanuvchilikka yoki doktoranturaga hujjat topshirish uchun qaysi saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak va bu ro‘yxatdan o‘tish nima uchun kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://daraja.ilmiy.uz. veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Mazkur elektron tizimni ishga tushirilishi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga o‘qishga hujjat topshiruvchi talabgorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, kvota shakllantirish jarayonini tezlashtirish hamda ortiqcha qog‘oz sarflanishiga chek qo‘yish imkonini beradi.
Tayanch doktoranturada o‘qib 0,25 stavkada maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlasa bo‘ladimi?
0,5 stavkagacha qo‘shimcha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ro‘yxatdan o‘tganlikni pochta orqali tasdiqlash kerakmi?
Onlayn ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni pochta orqali tasdiqlash talab etilmaydi.
Stajyor-tadqiqotchilikda stipendiya miqdori qancha?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori 15-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik institutiga qabul qilinganlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
Ilmiy unvonga ega bo‘lgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin?
Birinchi marta rahbarlik qilayotgan bo‘lsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor bo‘lgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.
Yaqinda PhDni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?
Yo‘q. Dotsent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc bo‘lsagina rahbar bo‘la oladi.
Mutaxassisligi ingliz tili bo‘lganlar C1 sertifikati bo‘lsa imtihonidan ozod bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Doktoranturada ham akademik ta’til beriladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 32-bandida tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
Stajyor-tadqiqotchilikka yilda necha marotaba topshirsa bo‘ladi?
1 marotaba.
Stajyor-tadqiqotchilik nima?
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanadi.
OTM Ilmiy bo‘limining 1 kursga qabul qilingan doktorantlardan o‘rindoshlik asosida ham ishlamaslik haqida kafolat xati talab qilinishi qay darajada qonuniy?
Noqonuniy. O‘rindoshlik asosida 0,5 stavkagacha qo‘shimcha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin.
Asosiy doktorantlar qachon o‘qishni boshlaydi?
Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.
Doktorantni tayanch doktorantdan nima farqi bor?
«Doktorant» va «tayanch doktorant», degan atama yo‘q, hammasi doktorant deyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3-bandida “doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs” deb ta’rif berilgan.
Agar talabgorning Chet tili imtihoni balli 52 ball bo‘lsa, mutaxassislik 88 ball bo‘lsa va ro‘yxat bo‘yicha grantga ilinib turgan bo‘lsa, OTM chet tili natijasi past ekan deb o‘qishga qabul qilmasligi mumkinmi?
Talabgor tanlov asosida qabul qilinadi. U yerda talabgorning bali past ekanligining ahamiyati yo‘q. Eng yuqori ball olgan talabgor o‘qishga qabul qilinishi lozim.
Tayanch doktorantlar 3 yil davomida nimalarni bajarishlari kerak, qayerda nechta maqola va tezis chiqarish kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 6 bob 53-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi mezonlari keltirilgan.
PhD qilishga yosh chegarasi yuqmi. Ilmiy faoliyatga tegishli bo‘lmagan tashkilot korxonada ishlagan holda ilmiy izlanish olib borsa bo‘ladimi?
Falsafa doktori (PhD)ga yosh chegarasi qo‘yilmagan. Shuningdek, ilmiy faoliyatga tegishli bo‘lmagan tashkilot korxonada ishlagan holda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilib ilmiy izlanish olib borishi mumkin.
Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?
Yo‘q, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.