Ilmiy kutubxonasi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti kutubxonasi institut tashkil topishi bilan bir vaqtda 1934 yilda Oʼrta Osie Paxtachilik - irrigatsiya instituti va Oʼrta Osiyo Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiya-lashtirish instituti hamda texnikumlarining kitob fondlari zaminida tashkil topgan. 1970 yilda ilmiy kengashning qaroriga muvofiq kutubxonaga “TIQXMMI Ilmiy kutubxonasi” maqomi berildi va bu oʼz navbatida 2007 yil 7 fevralda Аxborot-resurs markazi (АRM)ning tashkil etilishiga asos boʼldi.
Bugungi kunda Аxborot-resurs markazida quyidagi asosiy boʼlimlar faoliyat yuritadi:
1. Аxborot-kutubxona resurslari bilan xizmat koʼrsatish boʼlimi jumladan, Professor-oʼqituvchilar oʼquv zali, Talabalar oʼquv zali, Oʼquv kutubxona, 3 va 4 - Talabalar turar joyidagi oʼquv zali filiallari, Fondni saqlash boʼlimi.
2. Ilmiy - uslubiy va axborot-maʼlumot (davriy nashrlar boʼlimi).
3. Аxborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizim-lashtirish boʼlimi, Katalogizatsiya sektori.
4. Elektron axborot resurslari boʼlimi.
5. Xorijiy axborot - kutubxona resurslari bilan ishlash boʼlimi.
Аxborot-resurs markazi fondi jami 87.417 nomda 644.669 nusxa chop etilgan nashrlardan tashkil topgan boʼlib, shu jumladan oʼquv adabiyotlar 46.361 nomda 290.515 nusxani, badiiy adabiyotlar 5.950 nomda 15.997 nusxani, ilmiy va boshqa adabiyotlar 35.106 nomda 338.157 nusxani tashkil etadi.
Universitetimiz Аxborot - resurs markazida INTERNET tarmoq tizimi muhitida elektron axborot resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalariga katta eʼtibor berilmoqda. Shu maqsadda Аxborot - resurs markazining library.tiiame.uz saytidagi elektron dasturiga 4538 nomdan ziyod toʼliq matnga ega oʼquv adabiyotlari joylashtirilib, 4948 – foydalanuvchi talabalarning aʼzoligi uyushtirilgan, sayt orqali xizmat, yaʼni elektron resurslarning berilishi 4658 ni tashkil etadi. Universitet saytidagi https://t.me/TIQXMMIkutubxona telegram kanalida Аxborot-resurs markazining “Elektron kutubxonasi” joylash-tirilgan. Ushbu “Elektron kutubxona”dan 2389 nusxada oʼquv, oʼquv - uslubiy, ilmiy va badiiy adabiyotlar joy olgan boʼlib, foydalanuvchilar soni 1389 ni tashkil etadi.
Hozirda universitet Аxborot – resurs markazi faoliyatini takomil-lashtirish maqsadida kutubxonachilik printsiplariga muvofiq tashkil etilgan, oʼz ichiga fondni toʼldirish, qayta ishlash, tizimlashtirish, predmet-lashtirish, saqlash va boshqa bir qancha jarayon hamda texnologiyalarni, shu jumladan katalog va maʼlumot - qidiruv apparatini elektron shaklda yaratishni olgan elektron resurslar majmui boʼlmish - raqamli kutubxonani yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.