Mehnat muhofazasi
“Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot
universitetining “Fuqaro va mehnat
muhofazasi” bo’limi to‘g‘risida
ma’lumot
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2017 yil 9 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi
tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi tug‘risidagi
Nizomning hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash
(tabellashtirish) me’yorini tasdiqlash tug‘risida"gi 369-sonli qarori
asosida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
fuqaro muxofazasi tuzilmalarini tashkil etish tamoyillarini, fuqaro
muhofazasi tuzilmalarini tuzish tartibini, ularning tashkiliy-shtat
tuzilmasini, shaxsiy tarkibini, tehnika va mol-mulk bilan ta’minlash tartibini
belgilaydi.
· fuqaro
muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar
oqibatida yuzaga keladigan havflardan Universitet ishchi
hodimlari,professor-o’qituvchi va talabalarni, hududlarni, moddiy va madaniy
boyliklarni muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat
tizimi me’yorida o’tkazadi
· fuqaro
muhofazasi xizmati - fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro
muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va
vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmuini
tashkillashtiradi
· fuqaro
muhofazasi tuzilmalari - belgilangan fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish
uchun o‘z hodimlari hisobidan tashkilot tomonidan tashkil etiladigan shtatdan
tashqari tuzilmalar bilan hamkorlikda chora tadbirlar o’tkazadi.
· fuqaro
muhofazasi kuchlari - fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan umumiy va maxsus
yo‘nalishdagi funksional va ob’ekt tuzilmalari.
2. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda
vaziyatlarda, shuningdek boshqa fuqaro muhofazasi tadbirlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun tashkil
etiladi. Tuzilmalar ob’ekt rahbariga buysunadi. Fuqaro muhofazasi
tuzilmalaridan tinchlik davrida foydalanish Ob’yekt fuqaro muhofazasi
boshlig‘ining qarori bilan tuzilmalardan tinchlik davrida yirik yong‘inlarga
qarshi kurash, tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, zilzila va x,.k.) yirik avariya
va xalokatlar oqibatlarini bartaraf etishda hamda Favqulotda vaziyatlar
vazirligi tarkibida amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni bajarishda
(qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik, ob’ekt o‘quv mashqlarini, aholini
favqulodda vaziyatlarga tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni
amalga oshirishda) ham foydalaniladi.