Ilmiy tadqiqot bazasi
Ilmiy tadqiqot bazasida qanday hajmda jurnallar, maqolalar yoki kitoblar saqlanishi haqida ma’lumot.
Axborot-resurs markazining Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi - foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizma-tini ko‘rsatish, hamda o‘quv zallarida fonddagi mavjud bosma va elektron ko‘rinishdagi kutubxona resurslarini taqdim etadi. Ilmiy adabiyotlar abonementi – professor o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilot-lardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Abonementda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin. Foydalanuvchilarni ro‘yxatga oladi, adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazadi, ma'lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat beradi. Professor - o‘qituvchilar o‘quv zali – universitet professor – o‘qituvchilariga, ilmiy izlanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. O‘quv zalida foydalanuvchilar ARM kompьyuterlari yoki shaxsiy kompьyuterlari orqali Internet tarmog‘iga ulanishi mumkin. Professor-o‘qituvchilar o‘quv zalida tizim asosida ARMda mavjud dissertatsiyalarning elektron katalogi xamda avtoreferatlarning to‘liq matnlari bazasi mavjud. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ham foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Mahalliy vaqtli matbuot nashrlari va Rossiya Federatsiyasining jurnallari bilan xizmat ko‘rsatiladi.