Texnikum

OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi


Arizani topshirish uchun kerakli ma’lumotlar

Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Res. Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-son qaror

Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar

1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta
2. Texnikumni tamomlaganligi to'g'risidagi diplom ma'lumotlari

Arizani topshirish va qabul qilish bosqichlari

1

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga quyidagilar kiradi: texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi) biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

2

Tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va ariza topshiriladi

1. Tizimdan One ID yoki telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘ting
2. Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring va ariza qoldiring.

3

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

1. Bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlarini o‘rganadi.
2. Imtihon kunlari hamda suhbat natijasi bo‘yicha bitiruvchining shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.

4

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

1. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxatini oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
2. To‘lov-kontrakt blankalarini talabalikka tavsiya etilganlarga beradi.

5

Kimlar talabalikka tavsiya etiladi ?

Suhbat OTM komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.


2024/2025 o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2-kursdan yakka tartibdagi suhbat asosida qabul qilishni o‘tkazish jadvali



Texnikum bitiruvchilarining yakka tartibdagi suhbat natijalari

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) рус

Suv xoʻjaligi va melioratsiya
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

Yurisprudensiya transchegaraviy suv munosabatlari

Yurisprudensiya yer munosabatlari