Rektor - Mirzayev Baxodir Suyunovich


Mirzayev Baxadir Suyunovich

Rektor 

texnika fanlari doktori, professor

 Mirzayev Baxadir Suyunovichning mehnat faoliyati 1986-1993-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti talabasi, 1993-1994-yillarda Toshkent shahar Ziyokor ilmiy-ishlab chiqarish kichik korxonasi ilmiy izlanuvchisi, 1994-1997-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti aspiranti, 1997-1999-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Axborot va texnik ta’minot bo‘limi muhandisi, 1999-2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Zamonaviy texnika va texnologiyalar o‘quv markazi direktori, 2004-2005-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazining texnika va texnologiyalar o‘quv kursi mudiri, 2005-2007-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori, 2007-2012-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti dekani, 2012-2013-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektori, 2013-2017-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2017-2020-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2020-2021-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birinchi prorektori, 2022-yil 24-yanvardan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining rektori lavozimida ishlab kelmoqda.