Komputer maktabi
Yer resurslari va kadastr fakulьtetining Geodeziya va
geoinformatika kafedrasi oʼqituvchisi Teshaev Nozimjon tomonidan “ArcGIS va
Erdas Imagine” dasturlaridan foydalanib Yerni masofadan zondlashda innovatsion
texnologiyalar mavzusida 3-kurs (313-314) talablariga kurs tashkil etilgan.
Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash fakulteti
Umumtexnik fanlar oʼqituvchisi Avazov Ikrom tomonidan Loyihalash asoslari
(CAD/CAM/CAE) va 3D injenerlik dizayni fanlaridan Solid Works dasturidan
foydalanib KXM 2 kurs, SXITUF 2 kurs va SXMIM yoʼnalishlari 2, 3 va 4 kurslarga
obʼektlarning uch oʼlchovli modellarini qoʼrish, yigʼish ishlari, animatsiya,
simulyatsiya, tahlil va render qilish kabi ishlarni amalga oshirib 3D
printerida chop qilishga tayyorlash imkoniyatini beradi.
Nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasida ANSYS,
ABAQUES injenerlik dasturlari boʼlib, konstruktsiyani 2D va 3D koʼrinishda
chizib modelini yaratib unga turli kuchlar taʼsir ettirib deformatsiyasi,
kuchlanishi, mustaxkamligi va ustuvorligi tahlil qilinadi. Plaxis 3D
(unlimited), GTS NX dasturlari asosan Gidrotexnika inshootlarini xisoblashda
foydalaniladi. Yaʼni gruntli tugʼonlarni kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini
va filtratsiyani hisobga olib hisoblash imkoniyatini beradi. Xar bir kurs
oʼtilayotgan kafedralarda kompyuter xonalari mavjud.