"Axborot texnologiyalari" kafedrasi
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi o‘z tarixini 1967 yilda «Oliy matematika» kafedrasi asosida tashkil etilgan «Hisoblash matematikasi» kafedrasidan boshlaydi. 1969 yilga qadar mexanik va elektromexanik hisoblash mashinalaridan foydalanilgan bo‘lsa, shu yildan boshlab birinchi elektron hisoblash mashinasi «Mir» o‘rnatilgan. 1972 yilda kafedrada «Minsk-32» EHM ishga tushirilib, hisoblash markazi tashkil etilgan. Shu yildan boshlab barcha mutaxassisliklarda «Injenerlik va iqtisodiy hisoblashlarda hisoblash texnikasi» fani o‘qitila boshladi.
Kafedra bir necha bor qayta tashkil etilgan:
⦁ 1994 yilda «Hisoblash matematikasi» va «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedralari birlashtirilib, «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi tashkil etildi.
⦁ 2001 yilda kafedra nomi «Informatika va axborot texnologiyalari», 2004 yilda esa «Axborot texnologiyalari» deb o‘zgartirildi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
⦁ Talabalarga axborot texnologiyalari bo‘yicha texnik va dasturiy ta’minot bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish.
⦁ Qishloq va suv xo‘jaligida axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash.
⦁ Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish asoslarini talabalarga yetkazish.
⦁ Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va vositalarini o‘qitish.
Kafedrada bakalavriat va magistratura darajasida quyidagi fanlar o‘qitiladi:
⦁ Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (bakalavriat).
⦁ Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar (bakalavriat).
⦁ Amaliy ekonometrika (bakalavriat).
⦁ Ekonometrika-2 (magistratura).
Ilmiy-tadqiqot ishlari
2022-2023 yillarda bajarilgan grant loyihasi:
Kafedra dotsenti Z.Abdullayev rahbarligida “Iqlim va shahar infratuzilmasining o‘zgarishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati monitoring tizimi uchun dasturiy mahsulot yaratish” (АЛ-4724510231) mavzusidagi amaliy grant loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida:
⦁ 1 ta monografiya nashr etildi.
⦁ Nufuzli ilmiy jurnallarda 5 ta maqola chop etildi.
⦁ 1 ta dasturiy mahsulot uchun mualliflik guvohnomasi olindi.
Davlat byudjeti asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:
Hozirgi kunda kafedrada “Raqamli qishloq va suv xo‘jaligida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash jarayonida WEB ta’lim resurslarini yaratish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihada zamonaviy WEB texnologiyalar asosida ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish maqsad qilingan.
Kafedra jamoasi
Hozirgi kunda kafedraga dotsent Mirzayev Soyibjon Sobitovich rahbarlik qilmoqda. Kafedrada yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, jumladan:
⦁ Professor G.Shodmonova,
⦁ Dotsentlar B.Raxmankulova, A.A.Sulaymonov, D.Sh.Ziyadullayev,
⦁ Katta o‘qituvchi Sh.A.Aynakulov,
⦁ Assistentlar Sh.X.Ziyayeva, K.Kubyashev, Sh.Turkmanova, M.Rahmonova, S.Ungalov, B.Jumayevlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra AQShning Kornell, Michigan, Buffalo, Vashington universitetlari, Ukraina Fanlar Akademiyasining Energetikada modellashtirish muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bilan faol ilmiy hamkorlik olib bormoqda. Ushbu hamkorlik doirasida ilmiy maqolalar, doktorlik dissertatsiyalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanmoqda.
Kafedraning missiyasi
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi jamoasi Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlab, har tomonlama salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashda o‘z bilimlarini, kuch va g‘ayratlarini ayamay mehnat qilmoqdalar. Kafedra jamoasi o‘z faoliyati orqali xalqimizning farovonligini oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish hamda mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilmoqda.
Kafedrada 2024 yilda bajarilgan ilmiy ishlar ro’yxati
O'quv qo'llanma va darsliklar
⦁ Beknazarova Z.F., Ziyadullayev D.Sh., Mamatqulova S.A., Dehqonov R.S. Kimyo va kalloid kimyo, Elektron o’quv qo’llanma. “TIQXMMI” MTU 2024.
⦁ Shadmanova G. Amaliy ekonometrika. Darslik. “TIQXMMI” MTU 2024.
⦁ Ziyadullayev D.Sh. Axborot texnologiyalari fanidan mobil elektron o’quv qo’llanma. “TIQXMMI” MTU 2024.
⦁ Raxmankulova B.O. Axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv qo’llanma. “TIQXMMI” MTU 2024.
⦁ Atamurotov F. Phisics. Textbook. “TIQXMMI” MTU 2024.
Xalqaro ilmiy jurnallarda:
1. Jumayev
Bobur Juma o’g’li. Optimizing government economic policies with python:
leveraging data science for robust policy making. Web of Discoveries: Journal
of Analysis and Inventions. Volume 2, Issue 4, April - 2024. ISSN(E):
2938-3773.
2. Papnoi U.,
Atamurotov F., Nandan H., Pandey P., Mustafa G., Saidov I. Thermodynamics and
lensing of charged black hole surrounded by perfect fluid dark matter. (2024)
Physics of the Dark Universe, 46, art. no. 101612. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201119299&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101612&partnerID=40&md5=f128240fdfeae369dd056b5f1249ce48
3.Murtaza G.,
Ditta A., Ghaffar A., Mustafa G., Maurya S.K., Atamurotov F. Accretion
mechanism for regular black holes with asymptotically Minkowski Cores and
improved Schwarzschild black holes. (2024) Chinese Journal of Physics, 91, pp.
644 - 656. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201367258&doi=10.1016%2fj.cjph.2024.07.042&partnerID=40&md5=c0d34a8c0370b8729b63450253c18cd8
4.Turakhonov
Z., Atamurotov F., Övgün A., Abdujabbarov A., Urinov S. Weak gravitational
lensing around dyonic ModMax black hole in plasma. (2024) Communications in
Theoretical Physics, 76 (11), art. no. 115401. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201886315&doi=10.1088%2f1572-9494%2fad6853&partnerID=40&md5=7929259248fd41df6b8fac336cc5a016
5.Waseem A.,
Javed F., Mustafa G., Atamurotov F., Almutairi B. Impact of cold dark matter
and variable equations of state on the stability of thin-shell wormholes.
(2024) Physics of the Dark Universe, 46, art. no. 101613. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201493235&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101613&partnerID=40&md5=2fc5fb3fc90c9a7f3667f2a932b897b4
6.Chaudhary
H., Debnath U., Maurya S.K., Mustafa G., Atamurotov F. Addressing the rd
tension using late-time observational measurements in a novel deceleration
parametrization. (2024) Journal of High Energy Astrophysics, 43, pp. 268 - 279.
https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201141298&doi=10.1016%2fj.jheap.2024.08.003&partnerID=40&md5=99094879e2787ad47a3db46075e8513a
7.Ortiqboev
D., Javed F., Atamurotov F., Abdujabbarov A., Mustafa G. Energy extraction and
Keplerian fundamental frequencies in the Kalb–Ramond gravity. (2024) Physics of
the Dark Universe, 46, art. no. 101615. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85201483546&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101615&partnerID=40&md5=f3fd1f025e749fa63c8f3247002762cb
8.Davlataliev
A., Atamurotov F., Abdujabbarov A., Juraeva N., Khamidov V. Constraints on
Schwarzschild-like black hole from QPOs data. (2024) Physics of the Dark
Universe, 46, art. no. 101603. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85200571458&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101603&partnerID=40&md5=4e57e58ddd1e2a6f96048fd25ce26965
9.Mustafa G.,
Demir E., Davlataliev A., Chaudhary H., Atamurotov F., Güdekli E. Observational
signature of QPOs with particle motion around non-commutative Schwarzschild
black hole surrounded by perfect fluid dark matter. (2024) Physics of the Dark
Universe, 46, art. no. 101644. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85203975096&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101644&partnerID=40&md5=930860b3d62a3b68a28422a3f73d4399
10.Chaudhary
H., Debnath U., Rahaman F., Mustafa G., Atamurotov F. Early and late
observational tension: dark energy parametrizations in horava-lifshitz gravity
via baryon acoustic oscillations. (2024) Physica Scripta, 99 (10), art. no.
105037. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85204064419&doi=10.1088%2f1402-4896%2fad7178&partnerID=40&md5=73c44833edd17e010b4e9b17370ee284
11. Feng Y.,
Ditta A., Mustafa G., Maurya S.K., Mahmood A., Ray S., Atamurotov F. Testing
the non-commutative charged Schwarzschild black hole surrounded by perfect
fluid dark matter for thermodynamical features and weak gravitational lensing.
(2024) Physics of the Dark Universe, 46, art. no. 101685. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85206516599&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101685&partnerID=40&md5=8c7e3a7dc91d23f1fbe48e82a5da882f
12.Feng Y.,
Ditta A., Mustafa G., Maurya S.K., Mahmood A., Atamurotov F. Non-commutative
Schwarzschild black hole surrounded by Perfect fluid dark matter: Plasma
lensing and thermodynamics analysis. (2024) Nuclear Physics B, 1008, art. no.
116713. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85206849995&doi=10.1016%2fj.nuclphysb.2024.116713&partnerID=40&md5=578a0c068f1d6e3a8071366474b9c0b3
13.Javed F., Arora D., Yasir M., Chaudhary H., Mustafa G., Tiecheng X., Atamurotov F. Impact of chaplygin-like equation of state on Joule–Thomson expansion and tidal forces of AdS black holes. (2024) Physics of the Dark Universe, 46, art. no. 101654. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85204645283&doi=10.1016%2fj.dark.2024.101654&partnerID=40&md5=a7a9755210a94255494c075b62e276be
14.Alloqulov M., Atamurotov F., Abdujabbarov A., Ahmedov B., Juraeva N. Shadow and gravitational weak lensing for quantum improved charged black hole in plasma. (2024) Chinese Physics C, 48 (11), art. no. 115116. https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0-85206880996&doi=10.1088%2f1674-1137%2fad6e5e&partnerID=40&md5=a83a79e865f2fdd15020ef945c2f07bd
Xalqaro ilmiy anjumanlarda:
⦁ Suleymanov A. Structure of control computing facilities of data transmission networks and features of dispatch algorithm programs. IEMTRONICS INTERNATIONAL CONFERENCE 2024 .
⦁ Shadmanova G. Экономико-математическое моделирование размещение овощных культур по полям хозяйства. В L Международной научно-практической конференции «ВОПРОСЫ НАУКИ 2024: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ» (Россия, город-курорт Анапа, 18 апреля 2024 г.).
⦁ Inoyatova M., Ziyadullayev D., Muhammediyeva D., Aynaqulov Sh., Ziyayeva Sh. // Data mining for assessing soil fertility. // E3S Web of Conferences., 2024, 494, 02012 // https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58103636300
⦁ Ziyadullaev D., Mukhammediyeva D., Khujamkulova K., Maksumkhanova A., Ziyadullaeva G. // Ensemble data mining methods for assessing soil fertility. //E3S Web of Conferences, 2024, 494, 02013 ⦁ // https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57804824800
⦁ Ravshanov N., Turakulov J., Turkmanova Sh., Ungalov S. Numerical Study of Technological Process of Liquid Solution Filtration. VI International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics & Water Resources Engineering CONMECHYDRO 2023
⦁ Ziyayeva Sh.K., Aynakulov Sh.A., Azbergenov N.A. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni boyitishda davlat islohotlari. AʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI” XALQARO ILMIY - AMALIY ANJUMAN 2024 - YIL 16 - MAY https://doi.org/10.5281/zenodo.11215766
⦁ Ravshanov N., Kodirov K., Shadmanova G., Kubyashev K. Mathematical Model of Unsteady Filtration of Fluid in a Three-Layer Bounded Reservoir and Its Analytical Solution. V international scientific conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering CONMECHYDRO 2023
⦁ Rakhmankulova B., Mirzaev S., Yusupov M., Yuldashev N. Nonlinear Vibrations of Viscoelastic Dynamic Systems with Several Degrees of Freedom. VI International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics & Water Resources Engineering CONMECHYDRO 2023
⦁ Majidov T., Mirzaev S., Ikramov N., Buvabekov B., Berdiev M., Turdiev A. Software for automating the complex system of drip irrigation. CONMECHYDRO 2023 AS
⦁ Mirzaev S., Shadmonova G., Rakhmankulova B. and Rakhmanova M. Further ways to improve land use efficiency in modern conditions of Uzbekistan. I-International Scientific Conference “Green taxonomy for sustainable development: From Green Technologies to Green Economy” (CONGREENTAX-2024). Tashkent. 2024, June 14-16.
⦁ Mirzaev S., Shadmonova G., Rakhmankulova B. and Rakhmanova M. The role of informatization of management processes in the socio-economic development of agriculture. I-International Scientific Conference “Green taxonomy for sustainable development: From Green Technologies to Green Economy” (CONGREENTAX-2024). Tashkent. 2024, June 14-16.
⦁ Ziyadullayev D. Some aspects of the use of artificial intelligence technologies in agriculture. I-International Scientific Conference “Green taxonomy for sustainable development: From Green Technologies to Green Economy” (CONGREENTAX-2024). Tashkent. 2024, June 14-16.
⦁ Olimboyeva D., Ziyadullaev D., Mukhamedieva D., Khujamkulova Kh, Teshaboyev M., Ziyodullaeva G. Solving diabetes diagnosis problems using machine learning. BIO Web of Conferences. Global Summit on Life Sciences and Bio-Innovation: From Agriculture to Biomedicine, GLSBIA 2024
⦁ Ziyadullaev D., Muhamediyeva D., Madazimov K., Madazimov M., Temirov P., Abdukadirov D. Application of ensemble machine learning methods for diabetes diagnosis. ⦁ BIO Web of Conferences. Global Summit on Life Sciences and Bio-Innovation: From Agriculture to Biomedicine, GLSBIA 2024
⦁ Muhamediyeva D., Mamatov N., Jumayev B. and Samijonov A. Model of Analysis of Ecological-Economic Processes. E3S Web of Conferences 574, 05001 (2024) CONGREENTAX-2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457405001
Respublika jurnallarida
⦁ Rakhmonova M.B. Uzbekistan’s contribution to the global fight against climate change. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya. Jild:03 Nashr:04(2024)
⦁ Raxmankulova B.O., Nig`matov A.M., Mullaboyev D.X.(talaba). Suv to`sqichlarini intelektual boshqarish tizimi. O’zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnal. 29-son 20.04.2024
⦁ Jumayev B.J. The role of python in developing sustainable economic models: harnessing technology for a greener future. Aniq fanlarda innovatsiyalar. E-ISSN 3030-3567 4/ 2024.
⦁ Jumayev Bobur Juma o’g’li. Cryptocurrency and blockchain analytics: enhancing trust and efficiency in digital transactions with python. Aniq fanlarda innovatsiyalar. E-ISSN 3030-3567 4/ 2024
⦁ Ниғматов А.М., Рахманкулова Б.О, Юнусова С.Т. Анализ регулирование температуры на регуляторах. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN. ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-5
⦁ Turdiboyev A., Aynakulov Sh., Ziyayeva Sh., Artikbayeva G.(kichik ilmiy xodim, erkin tadqiqotchi Mamun Uyg’ur akademiyasi). Mathematical model of determination of optimal modes of oil extraction process with electrical impulse processing of seed pulp. ВАК, Xalqaro Uzbekistan. Jamiyat va innovatsiyalar (Общество и инновации) Society and innovations. 01(2024). стр.87-92. Journal home page:⦁ https://inscience.uz/index.php/socinov/index
⦁ Ниғмaтoв A.М., Рахманкулова Б.О., Юнусова С.Т. Cистема автоматического регулирования солнечного коллектора. Ilm fan xabarnomasi ilmiy elektron jurnali. УДК: 001.895
Мирзаев С., Анарбаев С., Хотамов Ж. Квантовые компьютеры. Традиционная XXIII научно-практическая конференция молодых ученых, аспирантов и талантливых студентов на тему «Современные проблемы сельского и водного хозяйства». Ташкент, 10-11 мая 2024 г.
⦁ Raxmankulova B. Rahmatullayev J. “Hozirgi kunda masofaviy o’qitish jarayonining o’ziga xos afzalliklari” “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Raxmankulova B. Ortiqboyeva S. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining global axborot makoni. “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Shodmonova G., Хабибуллаева У. O'zbekistonda sitrus mevalarini yetishtirish va rivojlantirish yo'llarini ekonometrik tahlil qilish. “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Shodmonova G., Нурунбекова З. Роль цифровой экономики в развитии узбекистана. “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Raxmankulova B., Xasanboyeva D. Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish. “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Ziyayeva Sh.K., Saidqulov S.O’, Kudaybergenova A.M. Mutaxassislik fanlarni o’qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an'anaviy XXIII- yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024 yil, 10-11 may.
⦁ Д.Т. Мухамедиевa, Д.Ш.Зиядуллаев, С.Д. Шамсиева, М.У. Холиков, О.С. Асадова. Применения технологии искусственного интеллекта в агропромышленном комплексе. international scientific journal science and innovation special issue: "modern problems and prospects of development of energy supply of digital technology facilities", march, 2024
Metodik ishlar
⦁ Axborot texnologiyalari fanidan uslubiy qo'llanma. Aynaqulov Sh., Ziyayeva Sh., Kubyasev K., Raxmonova M.
⦁ Axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. Abdullayev Z.S. Turkmanova Sh.N.
⦁ Axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. Abdullayev Z.S. Turkmanova Sh.N.
To‘garaklar
Kafedrada “Yosh dasturchi” to’garagi faoliyat yuritadi. Talabalar to’garakda o’z mutaxassisliklari bo’yicha dolzarb masalalarning algoritmlari va dasturlarini yaratishni o’rganadilar
Xalqaro hamkorlarimiz
Kafedra bilan Rossiyaning Qozon Federal Universiteti (QFU) o’rtasidagi hamkorlik doirasida 2023-2024 o’quv yilida QFU professori A.A.Agafonov tomonidan universitetimiz talabalari va o’qituvchilari uchun seminar-trening o’tkazildi.
Hindistonlik professor Gyanti Thakur kafedraga asosiy shtatga ishga qabul qilingan va Iqtisodiyot fakulteti hamda Ekologiya va huquq fakulteti talabalariga Axborot texnologiyalari fanidan dars o’tmoqda.
Mahalliy hamkorlarimiz
Kafedra va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ilmiy-tadqiqot instituti, Dasturiy mahsulotlar (IT-PARK) direksiyasi bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.
Kafedra xodimlari

Mirzaev Soibjon Sobitovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Ekonometrika, Matematik modellashtirish, Axborot texnologiyalari.
(99871) 237-19-48

Shadmanova Gulchexra
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Ekonometrika, Matematik modellashtirish.
Dars beradigan fanlar: Amaliy ekonometrika, Ekonometrika
+99871-237-19-48

Raxmankulova Barno Oktamxanovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Ekonometrika, Matematik modellashtirish
Dars beradigan fanlar: Axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
(99871) 237-19-48

Aynakulov Sharafidin Abdujalilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Axborot texnologiyalari, Matematik modellashtirish
Dars beradigan fanlar: Axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
(99871) 237-19-48

Ziyayeva Sholpan Xudaybergenovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Axborot texnologiyalari, Dasturiy ta’minot
Dars beradigan fanlar: Axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
(99871) 237-19-48

Turkmanova Shodiya Norqulovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Matematik modellashtirish, Dasturiy ta’minot
Dars beradigan fanlar: Axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
(99871) 237-19-48

Ungalov Sanjar Sayfullo o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar.
Dars beradigan fanlar: Axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
(+99871) 237-19-36
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash (Magistratura) | Fan bo`yicha magistrlarning bilim, ko`nikma va
malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Magistr: “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va
prognozlash” o`uv fanini o`zlashtirish natijasida magistr: - iqtisodiy o`sish va rivojlanishni prognozlash va
tadbiq qilish, qaror qabul qilish mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini,
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish imkoniyatlarini,
makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash va tahlil qilishning
matematik usullarini kompyuterda maxsus dasturlar asosida hisoblash haqida
tasavvurga ega bo`lishi; -aholi turmush darajasini ekonometrik tahlil va
prognozini amalga oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali
foydalana olishni, iqtisodiy prognoz va tahlil jarayonlarining asosiy
ko`rsatkichlarini aniqlab olish, olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilishni
bilishi va ulardan foydalana olishi;
-fanni o`rganish yuzasidan magistrlar iqtisodiy
jarayonlar va ularning milliy iqtisodiyotini rivojlanishidagi ahamiyati,
iqtisodiy prognozlash va rivojlanish tadqiqotlarining roli, iqtisodiy
rivojlanish va tahlilda matematik modellarni tuzish usullari, ushbu modellarni
tuzish uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlar bilan ishlash va
respublikamizning istiqboldagi rivojlanishini kengaytirish imkoniyatlari
to`g`risida ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. |
2 | Iqtisodiyotda ekonometrik modellarni qo`llash | Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba: - ekonometrik va matematik modellar, ularning bir-biridan farqi, iqtisodiyotda ekonometrik modellarni qo`llashning ahamiyati, iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilish, ekonometrik modellarni tuzish yo`llari va bosqichlari, modellarni yechish usullari haqida tasavvurga ega bo`lishi; - matematik statistik usullari, kovariatsiya va korreliyatsiyani hisoblash qoidalari, bir o`lchovli chiziqli regressiya, ko`p o`lchovli chiziqli regressiyada noma`lum parametrlarni aniqlash, ko`p o`lchovli regressiya tahlilida vujudga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo`llari, ekonometrik modellar yordamida prognoz qilishni, ekonometrik modellarni yechish usullarini bilishni va ulardan foydalana olishi; - iqtisodiy jarayonni nazariy jihatdan tasvirlashi, ekonometrik model ko`rinishini tanlash, modellarni yechish usullarini tanlay olish, ekonometrik modellar yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiy yechimni tahlil qilish, uning hususiyatlarini baholash, olingan yechimni biror-bir iqtisodiy jarayonga tadbiq qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak. |
3 | Ekonometrika | Fanning asosiy maqsadi talabalarda murakkab iqtisodiy hodisalar va jarayonlardagi bogʼlanishlarni miqdoriy ifodalashni iqtisodiy obʼektlar misolida modellashtirish, ularni kompьyuterda yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish boʼyicha bilim, koʼnikma va malakani shakllantirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarga iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni anʼanaviy matematik-statistika va maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanish orqali iqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi miqdoriy bogʼlanishlarni tahlil qilishni oʼrgatish vazifalarini bajaradi. |
4 | Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish | “Аxborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fani talabalarni axborot jarayonlari va ularni matematik modellashtirish masalalariga uslubiy yondashishga oʼrgatadi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi, nazariy bilimlar, amaliy koʼnikmalar olishlariga yordam beradi. Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba: - axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi; - maʼlumotlar bazalarini, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini; - funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi; - Oliy matematika va fizika boʼyicha zarur bilimlarga ega boʼlishi kerak. |
5 | Matematik usullar va modellar | Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba: - Obʼekt, model tuzish, modellashtirish, algoritmlash, dastur tuzish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi; - Аmaliy dasturlar, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini; - funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://em.tiiame.uz/oz/page/at-tarixi
Kafedra mudiri: Mirzaev Soibjon Sobitovich
Qabul kunlari: Har kuni: 10:00-15:00