Sirtqi bo`lim
Sirtqi bo‘limi boshlig‘i
Mardonov Sherzod
Xalilovich
Ma’lumoti: Texnika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Qabul kunlari:
Har kuni: 13:00-17:00
Tel.: (90)
965-26-46
Email: sh.mardonov@tiiame.uz
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti
Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi
“Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni
tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son
Qarori asosida tashkil etildi. Universitetda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda:
sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi
shaklida olib boriladi. Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet
rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Sirtqi
bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
·
Sirtqi
ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil
etilishini ta’minlash;
·
Sirtqi
ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim
sifatini ta’minlash;
·
Sirtqi
ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik
ta’minotni takomillashtirish;
·
Sirtqi
bo‘limni universitetning boshqa tuzilamalari bilan hamkorlik aloqalarini olib
borish va rivojlantirish;
·
Fan,
ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim
shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini
doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim
dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.
Sirtqi bo’limida jami 6115 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Sirtqi ta’limda 1-kursda 1144 nafar, 2-kursda 1598 nafar, 3-kursda 1603 nafar, 4-kursda 1132 nafar va 5-kursda 638 nafar talabalar tahsil olmoqda.