"Tillar" kafedrasi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Tillar” kafedrasi tarixi
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Oliy ta`lim muassasalarida tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida filologik ta’lim va til madaniyatini rivojlantirish ko‘p yillik tarixiy tajribaga ega. Ushbu jarayonda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi muhim ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida shakllanib, yurtimizda til siyosati va milliy qadriyatlar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Kafedra o‘z faoliyatini 1934-yilda boshlagan bo‘lib, dastlabki yillarda, ya’ni 1934–1937-yillarda unga Bahrom Xaydariy rahbarlik qilgan. Ushbu davrda kafedra faoliyati asosan til ta’limining ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tili tarixida muhim burilish yasadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi natijasida respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu tarixiy ehtiyoj asosida oliy ta'lim muassasasida ham 1989-yil dekabr oyida kafedraga “O‘zbek tili” nomi berildi.
Mazkur kafedra turli yillarda turlicha nomlangan bo‘lib (“O‘zbek tili”, “Tillar”, “Xorijiy tillar”, “O‘zbek tili va adabiyoti”) unga turli yillarda tajribali mutaxassislar rahbarlik qilgan: 1989–1994-yillarda dotsent X.S. Qudratillayev, 1994–1996-yillarda A.N. Tursunov, 1996-yildan 2004-yil 16-sentabrgacha esa K.N. Rahimova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davrda kafedrada professorlar G‘.Abdurahmonov, E.A. Begmatov, N.A. Rahmonov, dotsent X.A. Hakimova kabi yetuk olimlar samarali mehnat qilishgan. Shuningdek, K.N. Rahimova, Yu.I. Kurbanova, katta o‘qituvchilar Z.O. Xolmedova, E.K. Yusupov, S.I. Qobilova, assistentlar O‘.E. Usmonov, R.T. Qodirova, N.M. Mirsodiqovlar yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalashda щz me=natlarini ayashmagan.
1989-yildan boshlab rus guruhlarida “O‘zbek tili”, 1994–1995-o‘quv yilidan “O‘zbek tilida ish yuritish”, 1996–1997-o‘quv yilidan “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1997–2008-yillarda esa “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi” fanlari o‘qitila boshlagan.
Kafedrada rus tili fakultetlararo fan sifatida o‘qitilib, unda N.A. Shaverova, A.A. Buribekov va K.S. Qobilovlar shu sohada samarali pedagogik faoliyatini yuritdilar.
2021-yildan boshlab kafedra “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.Bugungi kunda kafedra jamoasi ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatni uyg‘un holda olib bormoqda. Monografiyalar, darsliklar hamda uslubiy qo‘llanmalar yaratilishi va nashr etilishi kafedraning ilmiy salohiyati yuksak ekanidan dalolat beradi.
Bugungi kunda kafedrada o‘zbek, rus tillari fakultetlararo fan sifatida o‘qitilmoqda va 2025 yildan kafedrada 60230100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Kafedrada fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar faoliyat yuritib, ular Folklor, Adabiyotshunoslikka kirish, Tilshunoslik, Zamonaviy rus tili, Jahon adabiyoti tarixi, Rus tili tarixi, Rus adabiyoti tarixi, Qiyosiy-chog‘ishma tilshunoslik, Rus tili (xorijiy til) va o‘zbek tili,
Akademik yozuv hamda Davlat tilida ish yuritish kabi o‘quv fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini samarali olib borishmoqda.
Malaka oshirish
Kafedraning professor-o‘qituvchilari rivojlangan
mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim va tajribasini oshirmoqda,
shuningdek, tajribali olimlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda.
Kafedra Ahmad Yasaviy nomidagi Qozoq-Turkiya universiteti, Pekin pedagogika
Universiteti qoshidagi Tillar instituti, Varna Menejment Universiteti qoshidagi
Rus Tili Markazi, Qozon Federal
universiteti bilan hamkorlikda faoliyat
olib borishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari O'zbekiston Davlat Jahon
Tillari Universiteti hamda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetida
malaka oshirish kurslarini o‘tab, xorij
stajirovkalarini ham amalga oshirishmoqda.
Ilmiy va ijodiy to‘garaklar
Kafedrada talabalarning til bilimi, nutq madaniyati hamda ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga qaratilgan fan to‘garaklari tizimli ravishda faoliyat yuritmoqda. Jumladan, “O‘zbek tili” fanidan “Shaxsiy kamolot” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, talabalarning og‘zaki va yozma nutq madaniyati, ish yuritish mahorati hamda shaxsiy-kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Rus tili” fanidan “Rus tili va adabiyoti muxlislari klubi” (“Клуб любителей русского языка и литературы”) to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, unga tajribali o‘qituvchilar rahbarlik qiladi; mazkur to‘garak doirasida talabalarning kommunikativ kompetensiyasi, tarjima ko‘nikmalari hamda tahliliy fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi.
Kafedrada har yili tillar bo‘yicha talabalar ishtirokida an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya (TIJ) o‘tkazilib, unda talabalarning mustaqil ilmiy izlanishlari, dolzarb tilshunoslik muammolari bo‘yicha ma'ruza va tezislari muhokama etiladi hamda eng yaxshi ishlar taqdirlanadi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy pedagogik tajribalarni joriy etish va xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish maqsadida xalqaro konferensiya, simpozium va seminarlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Mazkur faoliyatlar natijasida kafedrada ta'lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy faolligini kuchaytirish hamda milliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Kafedra hamkorlikka ochiq bo‘lib, manfaatdor tashkilot va mutaxassislarni qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va ta'limiy tashabbuslar doirasida samarali hamkorlikka chorlaydi.
Xalqaro maqolalar
1. Sh. A. Abdullaeva Software Development of Pedagogical Diagnostics by Means of Information Technologies (on the Example of Higher Educational Institutions)” // International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE), Volume-9, Issue-2, декабрь 2019;
2.Sh.A.Abdullayeva. Имитационная модель коллаборативных проектов по русской литературе.Ж.: Наука, образование, культура, 2024/https://cyberleninka.ru/article/n/imitatsionnaya-model-kollaborativnyh-proekto;
3. Ш.А.Абдуллаева Цифровая дидактика как инструмент обучения русскому языку// Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 504–510-betlar.
4. S. R. Tasheva Основы делопроизводства при реализации совместных образовательных программ высшего образования//Инновационные подходы в современной науке: сб. ст. по материалам CXCIX Международной научно-практической конференции «Инновационные подходы в современной науке». – № 19(199). – М., Изд. «Интернаука», 2025.
5. S.R.Tasheva Процесс интернационализации высшего образования в условиях реализации международных образовательных программ Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 517–521-betlar.
6. G.Q.Jo‘rayeva Oliy ta’lim tizimida o‘zbek tili fanining soha yo‘nalishlari kesimida o‘qitilish masalalari (sport faoliyati yo‘nalishi misolida) Bosma, O‘zbekiston olimlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari ilmiy-nazariy, metodik jurnal, 2025-yil, 9-son, 51–57-betlar.
7. M.A.Koshnazarova Raqamli ta’lim sharoitida akademik yozuv fanini o‘qitishda transformatsiya jarayonlari Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 550–556-betlar.
8. M.U.Soliyeva Специфика отдельных билингвальных систем и её влияние на процесс обучения русскому языку Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 521–524-betlar.
9. N.I.Raxmatova Использование средств цифровых образовательных технологий в преподавании русского языка в вузах Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 524–529-betlar.
10. G.A.Duysinova Словообразовательные модели и их трансформация в современной языковой практике Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 529–535-betlar.
11. M.T.Jo‘rayeva Классификация учебных целей на занятиях в непедагогических вузах Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 546–550-betlar.
12. F.T.Samambetova The influence of podcasts on the formation of linguistic competence in students of Russian, Karakalpak, and English languages Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 571–580-betlar.
13. D.A.Abduhakimova Новые дискурсивные маркеры русской молодежной речи Bosma, Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-amaliy elektron jurnal, 2025-yil, 3-son, 566–571-betlar.
14. U. Tasheva va boshqalar, (2024). Study on physiobiological features of grain and contemporary storage methods. E3S Web Conf.Volume 497, 2024. 5th International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering (ICECAE 2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703022
15. I.Allenova va boshqalar, (2024). Study on sulfitation of fruits and berries: Methods of sulfitation and desulfitation. E3S Web of Conferences 497, 03020 (2024) E3S Web of Conferences https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703020 497
16. U.Tasheva, I.Allenova va boshqalar, (2024). Study on powering electric filters with unipolar high voltage pulses. E3S Web Conf. Volume 563, 2024. International Conference on Environmental Science, Technology and Engineering (ICESTE 2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456301027
17. G. Musaevava boshqalar, (2024). Green Technologies in Agriculture: Optimization of Heat Balance and Increasing Energy Efficiency of Greenhouses. 1st International Scientific Conference “Green Taxonomy for Sustainable Development: From Green Technologies to Green Economy” (CONGREENTAX-2024) https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2024/104/e3sconf_congreentax2024_02003/e3sconf_congreentax2024_02003.html
18. V. Seytenova va boshqalar, (2024). The Relationship Between ESG Metrics and Financial Performance of an Enterprise in the Oil and Gas Sector. 1st International Scientific Conference “Green Taxonomy for Sustainable Development: From Green Technologies to Green Economy” (CONGREENTAX-2024) https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2024/104/e3sconf_congreentax2024_03004/e3sconf_congreentax2024_03004.html
19. E. Yusupov va boshqalar, (2024). Integration of Geospatial Technologies in Geology: Opening New Economic Horizons. E3S Web of Conf.Volume 590, 2024 6th Annual International Scientific Conference on Geoinformatics - GI 2024: “Sustainable Geospatial Solutions for a Changing World”
Xalqaro hamkorlarimiz
Kafedra Ahmad Yasaviy nomidagi Qozoq-Turkiya
universiteti, Pekin pedagogika Universiteti qoshidagi Tillar instituti, Varna
Menejment Universiteti qoshidagi Rus Tili Markazi, Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xo'jaligi
va davlat boshqaruvi akademiyasining Chelyabinsk filiali; Moskva davlat
pedagogika universiteti; Qozon Federal Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borishmoqda.
2025 yil 30 sentyabrda Milliy tadqiqot universiteti «TIQXMMI» va Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida kafedra akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar majmuasini muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda. Xususan, kafedra vakillari o‘zaro tashriflarni tizimli ravishda amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini ta'minlash, ilmiy nashrlarni tayyorlash hamda ilg‘or pedagogik tajriba almashish ishlarini olib bormoqdalar.
2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib, ma'ruzalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini aprobatsiyadan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishmoqda va OAVda bu ishlarni aks ettirishga muyassar bo‘lmoqdalar. Masalan, "Science and Innovation" ilmiy jurnali hamkorligida “Globallashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslikning fan, ta’lim va amaliyot bilan integratsiyasi: yangi yondashuvlar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusidagi Navoiy shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (2025 yil, 3-4-dekabr), Turkiyaning “Simop” universitetida “International Scientific Research Congress” (2025 yil, 24-noyabr), Turkiyadagi Marmara universitetidagi “Theory and analytical aspects of recent research” (2025 yil, 12 oktyabr) mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda kafedra professor-o‘qituvchilari: Sh.A.Abdullaeva, G.K.Jo‘raeva, G.A.Duysinova, I.V. Allenogva, U.T.Tasheva va boshqalar) ishtirok etishdi.
Mahalliy hamkorlarimiz
Zamonaviy ta'lim tizimida oliy ta'lim muassasalarining umumta'lim maktablari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy hamkorligi ta'lim sifatini oshirish, tajriba almashish hamda uzluksiz ta'limni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, kafedra mahalliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-metodik va ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish, pedagogik tajribani ommalashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, 2025-yil 12-sentabr kuni kafedra bilan Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 42-sonli umumta'lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan maktabda turli fanlar bo‘yicha darslarni tahlil qilish, mahorat darslari, seminarlar va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, tasdiqlangan reja asosida tizimli faoliyat olib borish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, 2022-yil 15-yanvarda kafedra bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi “International House–Tashkent” akademik litseyining “O‘zbek va rus filologiyasi” kafedrasi o‘rtasida besh yillik hamkorlik shartnomasi tuzilgan. 2022-yil 10-yanvarda kafedra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Chet tillar” kafedrasi bilan, 2022-yil 12-yanvarda esa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Fakultetlararo rus tili” kafedrasi bilan besh yil muddatga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Mazkur hamkorliklar doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv, ilmiy hamda ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, tajriba almashish va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kafedra xodimlari
Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Oliy ta`lim muassasalarida tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish
+99890 993 45 69
Allenova Irina Vladimirovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oliy o‘quv yurtida rus tilini o‘rganishni faollashtirish vositasi sifatida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+99871-237-19-43
Tasheva Umida Temurovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oliy o'quv yurtida rus tilini o'rganishni faollashtirish vositasi sifatida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi
Dars beradigan fanlar: Rus tili
tashevaumidatimurovna68@gmail.com.
+99871-237-19-43
Yusupov Erkabay Kurbonboevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida rus tilini kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitish
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+99871-237-19-43
Kodirova Ra'no To'htayevna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Talabalarning mobilligini oshirishda o‘zbek tili fanining o‘rni.
Dars beradigan fanlar: O‘zbek tili
+99871-237-19-43
Koshnazarova Maloxat Alimovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy mobilligini oshirishda o‘zbek tili fanining o‘rni.
Dars beradigan fanlar: O‘zbek tili, akademik yozuv, davlat tilida ish yuritish.
+99871-237-19-43
Seytenova Venera Andreyevna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oliy o‘quv yurtida rus tilini o‘rganishni faollashtirish vositasi sifatida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+99871-237-19-43
Musaeva Gulistan Kosbergenovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oliy o‘quv yurtida rus tilini o‘rganishni faollashtirish vositasi sifatida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+99871-237-19-43
Axmedov Ismoil Rizaevich
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Rus tilini o’qitishda talabalarda badiiy-adabiy konpetensiyalarini rivojlantirish.
Dars beradigan fanlar: Adabiyotshunoslik, Jahon adabiyoti tarixi
+998880884334
Tasheva Sevara Ravshanovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim dasturlari doirasida ta’lim sifatini boshqarish
Dars beradigan fanlar: Rus tili, Jahon adabiyoti tarixi
+998907187332
Burxanov Abduvali Abdullayevich
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Oliy ta’lim muassasasida “Hozirgi rus tili” kursida so‘roq gaplarni o‘rganish metodikasi.
Dars beradigan fanlar: Tilshunoslik
+998977041959
Jo‘rayeva Go‘zal Qodirovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Firoqiy va uning adabiy merosi.
Dars beradigan fanlar: O`zbek tili
+998995351885
Boynazarova Nigora Ismailovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Oʻzbek folklorshunosligi terminologiyasi”
Dars beradigan fanlar: O`zbek tili
+998994621401
Raxmatova Nigina Islamovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Raqamli ta’lim muhiti sharoitida talabalarni o’qitishning didaktik modellarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Folklor
+998900085551
Duysinova Gulanda Abdumanapovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Rus tilini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish.
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+998977334382
Samambetova Feruza Tolibaevna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Rus tili polimadaniyatli jamiyatda: sotsiolingvistik jihat.
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+998913010818
Abduxakimova Durdona Abdulxamid qizi
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Rus fe’llarining semantik va funksional xususiyatlari (reklama diskursi materiallari asosida)
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+998909253413
Solieva Muxabbat Urazbaevna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Bo’lajak filolog o’qituvchilarining komunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish”
Dars beradigan fanlar: Rus tili
+998994765566
Jo’rayeva Matluba To’laganovna
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: Mumtoz adabiyotda 7 raqamining poetik talqini
Dars beradigan fanlar: O`zbek tili
+998975863553
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Davlat tilida ish yuritish | Fanni o‘qitishdan maqsad -
talabalarni nutqning uslubiy shakllari, ish yuritish tili va uslubi, matn turlari va tarkibi, davlat tilida ish
yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, rasmiy hujjatlar haqida bilim
berishdan iborat. Fanining vazifalari – o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutqning uslubiy
shakllari, matn turlari va tarkibi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini
o‘rganish, bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash; – ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy
talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat
yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida talabalarga ma’lumot berish; – tashkiliy va farmoyish hujjatlari va ularning
turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi, muassasalarda ish yuritishni tashkil
etish texnologiyalari, ish yuritishni takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlari haqida bilim berish;
ma’lumot-axborot hujatlari va ularning turlari,
matni, ish yuritish jarayonida
qo‘llanilishi hamda rasmiylashtirilishi haqida ma’lumot berish. |
| 2 | Akademik yozuv | Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga
ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy matn va uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar, turli axborotlar, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish,
notiqlik mahorati bo‘yicha ham bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir hamda o‘z
mutaxassisligiga doir terminlar, ularni tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos
xususiyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga o‘z sohasi doirasidagi so‘z va
terminlarning shakllanishi, tilimizga qanday shakllarda kirib kelishi va
qo‘llanishi, matnlarning tuzilishi va turlari, uni tahrir qilish va to‘g‘ri
yozish, kengaytirish va qisqartirish, dastlabki ilmiy ishlarni yozish, rasmiy
hujjatlar matni bilan ishlashda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z
sohasiga oid so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishdan iborat. |
| 3 | Rus tili | Fanning maqsadi - til
bilimlarini o'zlashtirish, talabalarga tegishli bo'lgan sohalarda nutq ko'nikma
va ko'nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish: ta'lim, ilmiy, kasbiy,
ijtimoiy-madaniy, mutaxassislikning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda, kommunikativ madaniy tarkibiy qismning ayrim jihatlarini shakllantirish.
malaka. Fanning vazifasi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim asosida olingan
bilimlarni rivojlantirish va qo‘shimcha qilish;
- rus tili orqali milliy istiqlol va
demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ilmiy-gumanitar
dunyoqarash, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyat, ijodiy tafakkur,
e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirish. |
| 4 | O’zbek tili | Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning
kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘qitishning
kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida ularda fan bo‘yicha egallangan bilim,
ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini
shakllantirishga qaratiladi. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini
takomillashtirish va savodxon likni oshirish. Fanning
vazifasi – talabalarda nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish; og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni
samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish; ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahrir va
tahlil qilish malakalarini hosil qilish;
sohaviy hujjatlarni tuzish, shu jumladan elektron hujjatlarni to‘ldirish
va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=650
Kafedra mudiri: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna
Qabul kunlari: Chorshanba, Juma: 14:00 dan 17:00 gacha