Universitet tarixi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 1923
yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo‘limi
Melioratsiya muhandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923 yilda
24 nafar talaba agronom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida
universitetni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo‘lishgan.
1929 yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida
mexanika qurilishi va suv xo‘jaligi fakultetlari ochilib O‘rta Osiyo
paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi. Universitetni
tashkil etilishi Respublikaning qishloq va suv xo‘jaliklari xodimlariga bo‘lgan
kuchli ehtiyojni qondira boshlagan. Shu vaqtlarda o‘rta Osiyo respublikalarida
yer suv islohotining amalga oshirilishi hamda irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishning yanada rivojlantirilishi yaxlit oliy
texnika o‘quv mexanizatsiyasining tashkil etilishini taqozo qilgan.
1934 yilda o‘rta Osiyo irrigatsiya muhandislari va
texniklari instituti o‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va
mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu
yilning 11 noyabridan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga
aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va
mexanizatsiya fakultetlari bo‘lgan. Ulug‘ vatan urishidan keyingi davrda
mamlakatning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida yuksalish ro‘y berdi, yangi
tarmoqlar ochila boshladi. Universitetda esa yer qurilishi 1945 yilda,
gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 1946 yilda, gidroenergetika
qurilishi 1946 yilda, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash texnologiyasi
va uni tashkil etish 1974 yilda, umummuhandislik 1979 yilda fakultetlarini
ochilishi O‘zbekistonda iqtisodiy ijtimoiy o‘sish bilan chambarchas bog‘liq.
Mustaqillik yillariga kelib universitetning
rivojlangan xorijiy davlatlar universitetlari bilan o‘quv ilmiy tajribalar
almashishlari bo‘yicha hamkorliklar rivojlandi. Universitetda o‘qitiladigan
fanlarning o‘zbek tilidagi adabiyotlari yaratildi talaba yoshlarni tillarni
o‘rganishga, chet el oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom
ettirishlariga keng imkoniyatlar yaratildi, jumladan iqtidorli talabalarni
qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
stipendiyasi, “Beruniy”, “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida
hozirga qadar qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafardan ortiq
talabalarimiz sovrindor bo‘lishgan. 2004 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash injenerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya
institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunlarda tom ma’noda yangi
mas’uliyatli davrni boshidan kechirmoqda. Respublikada qishloq va suv xo‘jaligi
uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda
universitetda 12300 dan ortiq talaba 40 ta’lim yo‘nalishi, 32 magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha 7 ta fakultetda ta’lim olib kelmoqdalar.
Universitetda ularga 35 ta kafedrada 410 nafar malakali professor o‘qituvchilar
ta’lim berishib, ularning 70 nafari fan doktori, professorlar, 195 nafari fan
nomzodi, PhD, dotsentlardir.
Universitet zamon talablariga javob beradigan beshta
o‘quv, uchta o‘quv laboratoriya binolari, zamonaviy o‘quv ilmiy markazlar,
umumiy fondi 700 ming o‘ringa yaqin axborot resurs markazi 2400 o‘rinli 3 ta
talabalar uyi, 460 o‘rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog‘iga ega.
Universitet jamoasining asosiy e’tibori ta’lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar
tayyorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti
sharoitida suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga
qaratilgan.
Universitet “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar
tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida
qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga
asosiy e’tiborni qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
24-maydagi PQ-3003-son Qaroriga muvofiq “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya
instituti” Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari institutiga aylantirildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 10-dekabrdagi
“Iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsiyalar va raqamlashtirishga
asoslangan muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli Qarori bilan institut “Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy
tadqiqot universitetiga aylantirildi.