Kirish haqida ma`lumot
BAKALAVRIATGA
QABUL
Respublika oliy ta’lim muassasalarining
bakalavriatiga
qabul
qilish
Vazirlar
Mahkamasining
2017- yil
20- iyundagi
393-son
qarori
bilan
tasdiqlangan
Oliy
ta’lim muassasalarining
bakalavriatiga
talabalarni
o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalarining
kunduzgi,
sirtqi,
maxsus
sirtqi
va
kechki
(smenali)
ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham
grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari
va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball
to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul
qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi
asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga
egadirlar. Test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test
markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Test sinovlari uch tilda —
o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim
muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Abituriyentlarning o‘qishga qabul
qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
· ta’lim
yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim
muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test
topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan
ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test
sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish
bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
· umumiy
o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning
ilovasi asl nusxalari;
· pasport
(16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
· o‘qishga
kirishda imtiyoz beruvchi tegishli hujjat (agar mavjud bo‘lsa).
Oliy ta’limning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha test
sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Kasbiy
(ijodiy) imtihonlar test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11-iyuldan
20-iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda
tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p
balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Test sinovlari kunduzgi, sirtqi,
maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15
avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada
o‘tkaziladi. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani
to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test
sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida
e’lon qilinadi.
2024/2025 o‘quv yilida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetiga ajratilgan qabul kvotasi hamda ularga to‘lov kontraktasosida o‘tish ballari to‘g‘risida ma'lumot
T/r | Shifr | Taʼlim
yoʻnalishi (bakalavriat) |
Taʼlim tili | Ajratilgan kvota | Oʻtish bali |
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti | 2 720 | ||||
kunduzgi | 1 690 | ||||
1 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) | oʻzbek | 45 | 165,5 |
rus | 15 | 146,3 | |||
2 | 60410100 | Iqtisodiyot | oʻzbek | 50 | 124,2 |
rus | 25 | 121 | |||
3 | 60410200 | Buxgalteriya hisobi | oʻzbek | 25 | 122,2 |
rus | 20 | 112,7 | |||
4 | 60410700 | Statistika | oʻzbek | 25 | 102,1 |
5 | 60420100 | Yurisprudensiya | oʻzbek | 45 | 157,6 |
rus | 15 | 142,6 | |||
6 | 60520200 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi | oʻzbek | 40 | 71,3 |
rus | 20 | 57,3 | |||
7 | 60530400 | Gidrologiya | oʻzbek | 50 | 57 |
8 | 60530600 | Mexanika va matematik modellashtirish | oʻzbek | 25 | 56,7 |
9 | 60610400 | Dasturiy injiniring | oʻzbek | 45 | 63,5 |
rus | 15 | 56,9 | |||
10 | 60610500 | Sun’iy intellekt | oʻzbek | 50 | 56,7 |
11 | 60710400 | Energetika muhandisligi | oʻzbek | 50 | 64,7 |
rus | 20 | 57,7 | |||
12 | 60710500 | Elektr muhandisligi | oʻzbek | 50 | 56,7 |
13 | 60710600 | Gidroenergetika | oʻzbek | 40 | 61,0 |
rus | 15 | 57,8 | |||
14 | 60710800 | Metrologiya va standartlashtirish | oʻzbek | 25 | 56,7 |
15 | 60710900 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish | oʻzbek | 25 | 56,8 |
rus | 15 | 62,4 | |||
16 | 60711000 | Mexatronika va robototexnika | oʻzbek | 45 | 57,2 |
rus | 15 | 56,7 | |||
17 | 60711700 | Aerokosmik texnologiyalar | oʻzbek | 30 | 57,5 |
18 | 60720300 | Materialshunoslik | oʻzbek | 50 | 56,9 |
19 | 60720400 | Texnologik mashinalar va jihozlar: yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi | oʻzbek | 25 | 58,1 |
20 | 60721500 | Geodeziya va geoinformatika | oʻzbek | 45 | 59,7 |
rus | 15 | 67,7 | |||
21 | 60721600 | Kartografiya va masofadan zondlash | oʻzbek | 25 | 56,7 |
22 | 60721700 | Kadastr | oʻzbek | 50 | 70,2 |
23 | 60730300 | Qurilish muhandisligi | oʻzbek | 25 | 57 |
24 | 60730600 | Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi | oʻzbek | 40 | 57,9 |
rus | 15 | 56,7 | |||
25 | 60810100 | Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish | oʻzbek | 100 | 61,1 |
rus | 25 | 57,4 | |||
26 | 60810700 | Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi | oʻzbek | 25 | 59,9 |
27 | 60811200 | Suv xo‘jaligi va melioratsiya | oʻzbek | 125 | 56,7 |
rus | 25 | 58,6 | |||
28 | 60811300 | Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish | oʻzbek | 25 | 65,2 |
rus | 15 | 56,7 | |||
29 | 60811400 | Meliorativ gidrogeologiya | oʻzbek | 50 | 56,7 |
30 | 60811500 | Suv ta’minoti muhandislik tizimlari | oʻzbek | 25 | 57,5 |
31 | 60811600 | Yer kadastri va yer tuzish | oʻzbek | 45 | 66,2 |
rus | 15 | 56,8 | |||
32 | 61010100 | Turizm va mehmondo‘stlik | oʻzbek | 45 | 106,8 |
rus | 15 | 111,4 | |||
33 | 61020200 | Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi | oʻzbek | 25 | 57,7 |
sirtqi | 1030 | ||||
34 | 60410100 | Iqtisodiyot | oʻzbek | 50 | 99,7 |
rus | 10 | 101,3 | |||
35 | 60410200 | Buxgalteriya hisobi | oʻzbek | 50 | 87,4 |
rus | 10 | 95,4 | |||
36 | 60410700 | Statistika | oʻzbek | 25 | 70,6 |
37 | 60520200 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi | oʻzbek | 50 | 59,9 |
60530400 | Gidrologiya | oʻzbek | 50 | 58,1 | |
38 | 60610500 | Sun’iy intellekt | oʻzbek | 25 | 61,7 |
39 | 60710400 | Energetika muhandisligi | oʻzbek | 40 | 62 |
rus | 10 | 58 | |||
40 | 60710500 | Elektr muhandisligi | oʻzbek | 50 | 57,4 |
41 | 60710600 | Gidroenergetika | oʻzbek | 40 | 58,9 |
rus | 10 | 57,1 | |||
42 | 60710800 | Metrologiya va standartlashtirish | oʻzbek | 25 | 57,0 |
43 | 60710900 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish | oʻzbek | 40 | 58,8 |
rus | 10 | 60,3 | |||
44 | 60711000 | Mexatronika va robototexnika | oʻzbek | 50 | 56,7 |
45 | 60721500 | Geodeziya va geoinformatika | oʻzbek | 40 | 59,8 |
46 | 60730600 | Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi | oʻzbek | 50 | 56,7 |
47 | 60810100 | Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish | oʻzbek | 25 | 62,2 |
48 | 60810700 | Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi | oʻzbek | 25 | 59,2 |
49 | 60811200 | Suv xo‘jaligi va melioratsiya | oʻzbek | 80 | 58 |
rus | 20 | 57 | |||
50 | 60811300 | Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish | oʻzbek | 50 | 59,1 |
51 | 60811500 | Suv ta’minoti muhandislik tizimlari | oʻzbek | 50 | 56,7 |
52 | 60811600 | Yer kadastri va yer tuzish | oʻzbek | 50 | 68 |
rus | 10 | 63,6 | |||
53 | 61010100 | Turizm va mehmondo‘stlik | oʻzbek | 50 | 95,3 |
rus | 10 | 97,2 | |||
54 | 61020200 | Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi | oʻzbek | 25 | 60,1 |