Ikkinchi mutaxassislik
2025/2026 O‘QUV YILI UCHUN "TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGINIMEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI"MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIDA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY MAʼLUMOTNI OLISH BO‘YICHA QABUL SHARTLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 606-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tadi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘z shaxsiy maʼlumotlarini maxsus elektron tizimga kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlaganlar uchun)
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ilova nusxasi.
Kerakli hujjatlar
1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta
2. Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom ma'lumotlari
3. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Arizani topshirish va qabul qilish bosqichlari
1
Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza topshirish
Tizimdan telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring hamda ariza qoldiring!
2
Diplom ma’lumotlarini kiritish
Diplom ma'lumotlar abituriyentning bitirgan oliy ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
3
Arizani qabul qilish
Oliy ta'lim muassasasi tomonidan abituriyentning arizasi ko'rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.