Chet el fuqarorlari uchun
Xorijiy
fuqarolar O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt
asosida hamda, agar qonun hujjatlari yoki O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi ta’lim
muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va
idoralar bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
taklifi asosida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish
bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan
ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi. Oliy ta’lim
muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga
muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari
bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda
o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi. Belgilangan tartibda
taqdim etilgan suhbat natijalari O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga
qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xorijiy
fuqarolarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror
qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirining buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘qishga
qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar. O’zbekiston
Respublikasining tayanch doktoranturasi va doktoranturasiga oliy ma’lumotga
muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Doktoranturaga kiruvchi xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasida
belgilangan talablarga muvofiq tayyorlangan referat yoki e’lon qilingan
ishlarining rasmiy ravishda tasdiqlangan ro‘yxatini taqdim etishlari kerak.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomasiga
binoan, belgilangan tartibda xorijiy fuqarolarga vizalar berish va ularning
muddatini uzaytirish, shuningdek ularning vaqtincha yashash joyi bo‘yicha
vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni va uning muddatini uzaytirishni ta’minlaydi. O’qishni
tugatgandan keyin xorijiy fuqarolarga ma’lumoti to‘g‘risida belgilangan
namunadagi tegishli hujjatlar beriladi. Xorijiy
fuqarolar
o‘qish davrida shartnomalar va kontraktlarda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasiga
oila
a’zolari va boshqa qarindoshlari bilan kelishlari mumkin. O’qish uchun kelgan xorijiy
fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadilar. Tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibi va
mavjudligi aniqlangan taqdirda O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga
o‘qishga qabul qilish uchun ruxsat berilmaydigan kasalliklar ro‘yxati
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatlarning ro‘yxati va
ularni taqdim etish tartibi
Xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirish uchun tegishli ta’lim muassasasiga quyidagi
hujjatlarni taqdim etadilar:
·
o‘qishga
qabul qilish haqida ariza;
·
o‘rganilgan
fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan
ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari;
·
referat
yoki e’lon qilingan ishlarning rasmiy ravishda tasdiqlangan ro‘yxati (tayanch
doktoranturaga kiruvchilar uchun);
·
sog‘lig‘i
to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
·
milliy
pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
·
4
x 6 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.
Hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq belgilanadi.
Shartnoma va o‘qish xarajati
Amaldagi tartib asosida har o‘quv yili boshida xorij
fuqarolariga ta’lim xizmatini ko‘rsatish baholari belgilab olinadi. Shuni
asosida 2023-2024 o‘quv yili uchun chet ellik fuqarolarni o‘qishi va xalqaro
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha:
·
O’zbekiston
Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O’zbekiston
Respublika Prezidentining “2020-2021 o‘quv yilida O’zbekiston Respubliksining
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi
parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston talaba kontrakt
summasidan kam bo‘lmagan hamda universitet moddiy-texnik va laboratoriyalar resurslaridan
foydalanganishini inobatga olib, xorijiy talabalarning institutda bir yillik
o‘qish to‘lov-kontrakt puli bakalavriatning kunduzgi ta’lim uchun 1500 AQSh
dollari (MDX davlatlari uchun), boshqa davlatlar uchun 2000 AQSh, sirtqi ta’lim
uchun 1250 AQSh dollari, magistraturada 1500 AQSh dollari (MDX davlatlari
uchun), boshqa davlatlar uchun 2000 AQSh, doktorantura bosqichida bir yillik
tahsil olish kontrakt summasi 2500 AQSh dollari, shu jumladan, mustaqil
tadqiqotchilik asosida 1000 AQSh dollari (Markaziy Bankning to‘lov kunidagi
kursi bo‘yicha) etib belgilanishi;
·
Xorijning
ilg‘or universitetlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat,
magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish tegishli yo‘nali,
mutaxassislik va ixtisosliklaridagi kontrakt summasiga mos ravishda
belgilanishi;
·
Universitetda
xalqaro hamkorlik salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida universitet
ishtirok etadigan xalqaro loyihalar hisobidan 3% miqdorda ustama xarajatlari
belgilash;
·
Vazirlar
Mahkamasining 4.08.2008 yildagi 169-sonli Qarorining 3-bandiga muvofiq Xorijiy
fuqarolarni til kurslarini o‘qitish markazida tahsil oladigan xorijiy
fuqarolarning bir yillik to‘lov to‘lov-kontraktini 3000 AQSh dollari yoki 1
oylik to‘lov-kontrakti 250 AQSh dollari etib belgilangan.