Universitet talabalarining malakaviy amaliyotlarini, magistrantlarga stajirovka va ilmiy amaliyotlarni o‘tkazilishi
Universitet talabalarining
malakaviy amaliyotlarini,
magistrantlarga stajirovka va ilmiy
amaliyotlarni o‘tkazilishi
Malaka amaliyoti ta’lim yo‘nalishlari
o‘quv rejalariga muvofiq 2-kursdan boshlab tizimli ravishda universitet tomonidan
ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan
malaka amaliyoti dasturi asosida amalga oshiriladi.
Universitet talabalari ish joylariga
dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs oxirida emas, balki mos ravishda ikkinchi
va uchinchi kurslarda tahsil olayotgan davrda o‘tkazish va barcha turdagi amaliyotlarni
ishga yo‘llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o‘tashini yo‘lga qo‘yish
amalga oshiriladi.
Malaka amaliyoti universitetning
qabul qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari asosida
tashkil qilinadi.
Universitet va qabul qiluvchi
tashkilot malaka amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma
predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish
faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka amaliyotini tashkil etish
tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini,
shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
Talabalar va malaka amaliyoti
rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi
hisoblanadi.
Malaka amaliyoti dasturi quyidagi
asosiy bo‘limlardan tarkib topadi:
-malaka amaliyotining maqsad va
vazifalari;
-malaka amaliyotining mazmuni;
-malaka amaliyotining reja-jadvali;
-malaka amaliyotining baholash mezoni;
-malaka amaliyotining hisobotiga bo‘lgan talablar.
Universitetdan malaka amaliyoti
rahbarining malaka amaliyotidagi o‘quv yuklamasi soatlari o‘quv rejada ko‘rsatilgan
haftalar, talabalar guruhi va sonidan hamda qabul qiluvchi tashkilot joylashgan
hududdan kelib chiqib aniqlanadi.
Talaba:
-malaka amaliyotini o‘tash joyi,
reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;
-malaka amaliyotini o‘tkazish
bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
-malaka amaliyotini o‘tash yuzasidan
zarur axborotlarni olish;
-malaka amaliyoti bo‘yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda
malaka amaliyoti rahbarlaridan
yo‘l-yo‘riqlar olish huquqlariga ega.
Talabaga:
-malaka amaliyoti reja-jadvali
va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq
hajmda va sifatli bajarish;
-malaka amaliyotining kundaligini har kuni va tartibli yuritish;
-Universitet va qabul qiluvchi
tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan
ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarish;
-hisobotga tegishli hujjatlarni
o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
-qabul qiluvchi tashkilot xodimlari
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya
qilish majburiyatlari yuklatiladi.
Malaka amaliyoti uch bosqichga bo‘linadi:
-tayyorlov bosqichi;
-asosiy bosqich;
-yakuniy bosqich.
Malaka amaliyotini o‘tash davrida talabaga ish haqi to‘lanishi
belgilanganligidan qat’iy nazar, uning stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.
Universitet talabalarining
malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish va shakllari tartibi haqida
1. Umumiy qoidalar
Mazkur shakllari va tartibi O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Unda universitet talabalarining
malakaviy amaliyotini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
1.1. Bakalavriat yunalishlari va magistratura ixtisosliklari
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar
amaliyoti ilg‘or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Talabalar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari va
magistratura ixtisosliklari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayonining
bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari
davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko‘zda tutilgan turli
shakllarda tashkil qilinadi.
Universitet ta’lim yunalishlarining
o‘ziga xosligini hisobga olib, kadrlar
buyurtmachilari talablariga binoan, universitet kengashi qaroriga muvofiq amaliyotning boshqa guruxlarini
kiritish xuquqiga ega.
1.2. Har bir amaliyotning maqsadi,
muddati va mazmumi DTS, o‘quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan.
1.3.Amaliyot dasturlari tanlangan
yo‘nalish (mutaxassislik)ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarniig
(bundan buyon - amaliyot ob’ektlari) tavsifi hisobga olingan holda tegishli kafedralar
tomonidan ishlab chiqiladi va ularni universitet rektori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiklaydi.
2. Amaliyotni tashkil qilish va
unga rahbarlik
2.1. Talabalar amaliyoti universitetning
davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar
va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
2.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan
kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tish uchun tegishli amaliyot ob’yektlariga
yuboriladilar.
2.3. Amaliyotni tashkil qilish
va o‘tkazish uchun javobgarlik universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor zimmasiga
yuklanadi.
2.4. Amaliyot joylari, talabalarning
katta guruhlari o‘tishini hisobga olib, universitetga yaqinida joylashgan amaliyot
ob’ektlaridan tanlanadi.
Mazkur tayanch joyda talabalar
amaliyot o‘taydigan korxona yo‘q bo‘lsa, amaliyot ob’ektlari sifatida universitetga
yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi.
Ikki tomonlama bitimlar asosida
amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tash
mumkin.
2.5. Universitet:
- har yili, 1-dekabrdan
kechikmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’yektlari
bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini
o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’yektlari bilan kelishib oladi;
- amaliyot rahbari tajribali
professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi;
- fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni
ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot
ob’yektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning
ma’ruzalarini tashkil etadi;
- talabalar va amaliyot ob’yektlarini amaliyot dasturlari
bilan ta’minlaydi;
- ob’yektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish
tartibi va o‘tkazilishini xamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya kilinishini
nazorat qiladi.
2.6. Universitetdan tayinlangan amaliyot
rahbari:
- talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish
uchun ob’yektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
- talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar
(amaliyot o‘tkazish tartiblari, havfsizlik texnikasi
haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazishni ta’minlaydi;
- talabalar kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
- amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy
xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat kiladi;
- talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya
qilishlarini nazorat
qiladi;
-amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar
ilmiy anjumanlari tayyorlanishida
va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya
ishida ishtirok etadi;
-talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning
ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning
amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni
takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra
mudiriga taqdim etadi;
-barcha ishlarni amaliyot ob’yekti tomonidan
biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.
2.7. Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot
ob’yekti rahbarining
buyrug‘i bilan mas’ul xodimlardan biriga yuklatiladi.
Sex, bo‘lim, laboratoriya kabilarda
talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot ob’ekti boshlig‘ining buyrug‘i
bilan ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.
2.8. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob’yektlari:
-talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur nizomga
muvofiq tashkil qiladi va o‘tkazadi;
-dasturga muvofiq talabalar amaliyot o‘tash samaradorligini ta’minlovchi ish joylari bilan
ta’minlaydi;
-talabalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish joylari
mavjudligida, amaliyotchilarni tegishli ish haqi bilan lavozimlarga qabul qiladi;
-amaliyotni o‘tashda universitet bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvali amal kiladi;
-talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa xujjatlardan
foydalanish imkoniyatlarini beradi;
- kurs ishi va malakaviy bitiruv
ishlari uchun mavzular tanlashda yordam ko‘rsatadi;
-hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha
majburiy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan hollarda talabalarni mehnatning havfsiz
usullariga o‘rgatadi va bu xaqda xujjatlar rasmiylashtiriladi;
-amaliyotchi talabalarning mazkur
amaliyot ob’yektida joriy qilingan ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini
ta’minlaydi va nazorat qiladi:
-yaqin atrofda joylashgan boshqa
korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o‘tkazadi;
-talabalarning amaliyot o‘tash
vaqtida mazkur amaliyot ob’yektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy
himoya vositalari va maxsus ovqat, poyabzal, ximoya kiyimlari bilan ta’minlaydi;
-shartnoma asosida talabalar yashashi
uchun qulay sharoitli yotoqxonalar bilan ta’minlaydi. Zarur bo‘lganda ularni joylashtirish
uchun turar joylarni ijaraga oladi;
-zarur bo‘lgan hollarda, ichki
mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’yekti rahbarining buyrug‘i
bilan jazo choralari ko‘riladi va bu haqda universitet rektoriga habar qiladi;
-amaliyot o‘tayotgan talabalar
baxtsiz hodisaga uchragan holda to‘la javobgarlikni oladi.
2.9. Talaba amaliyot o‘tashda:
-amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan
topshiriqlarni to‘liq bajarishi;
-amaliyot ob’yektining ichki mehnat tartib-qoidalariga bo‘ysunishi;
-mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab
chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qatiy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona
ishchilari qatori javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda
hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi
shart.
3. Amaliyot natijalarini yakunlash
3.1. Amaliyot yakunida talaba
yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’yektidan tayinlangan
rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga universitetdan tayinlangan rahbarga
topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, amaliyot ob’yekti bo‘limlarining qisqacha izohi (sex, bo‘lim, labaratoriya
va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining havfsizligi
to‘g‘risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z
ichiga olishi lozim.
3.2. Amaliyot yakunida talaba
o‘z hisobotini universitet tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan
amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, universitet tomonidan biriktirilgan rahbar
va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning
kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni universitetning
ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob’yektining ishlab chiqarish kengashi muhokama
qilinadi.
Universitet va fakultet ilmiy kengashida
amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
3.3. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot, ximoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tashga jo‘natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida universitetda
o‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Magistrantlarga stajirovka va ilmiy
amaliyot o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlar
Magistrlarga
2 yillik o‘qish mobaynida Stajirovka va Ilmiy amaliyot o‘tashlari ko‘zda
tutilgan.
Stajirovka
-1-kursda 2 semestr
yakunlangandan so‘ng 1 oy davomida amalga oshiriladi. Bunda magistrlar
o‘zlarining magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha biriktirilgan obyektiga stajirovkaga
yuboriladi.
Ilmiy
amaliyot – 2-kursning 4 semestrda 5 hafta
davomida amalga oshiriladi. Bunda magistrlar o‘zlarining magistrlik
dissertatsiya ishi bo‘yicha biriktirilgan ob’yektiga ilmiy amaliyotga yuboriladi.
O‘quv
jarayonining tashkil etilishida universitet bilan sohaga oid tashkilotlar
orasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida tuzilgan shartnomalar asosida,
amaliy va laboratoriya mashgʼulotlari, stajirovka, ilmiy va malakaviy
amaliyotlar turli tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bazasida olib
boriladi.Tashkilotlarning bazaviy ro’yhati quyidagicha:
O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari;
Suv xo‘jaligi vazirligi
tasarrufidagi tashkilotlar va loyihalashtirish institutlari;
Davlat soliq qo‘mitasi
huzuridagi kadastir agentligiga qarashli tashkilotlar va ilmiy tadqiqot
institutlari;
“O‘zgidromet” markazi;
“O‘zbekgidroenergo” AJ;
“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat
inspeksiyasi;
Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi;
“Texnolog” AJ;
Energetika va avtomatika ilmiy
tadqiqot instituti;
Davlat kadastrlari palatasi;
Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
“O‘zsuvloyiha” AJ;
“Gidroproekt” AJ;
ISMITI;
“Fizika-Quyosh” IICHB;
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash
instituti;
“O‘zGIP” MCHJ;
“Suvmash” AJ;
O‘zbekiston milliy metrologiya
instituti DK;
“Turon bank” ATB viloyat va tuman filiallari;
“Xalq bank” ATB viloyat va tuman filiallari;
“O‘zsanoatqurilish bank”
ATB viloyat va tuman filiallari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;
“Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti” IWME O‘zmilliybank AJ;
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik vazirligi;
Toshkent shahrida samarali faoliyat
yuritayotgan MCHJlar “Uzbekgidroenergo” AJ;
Ekologiya atrof muhitni muhofaza
qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot
va moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
“O‘zsanoatqurilish bank”
ATB viloyat va tuman filiallari;
O‘zSuvloyiha MCHJ;
TEXNOPARK MCHJ;
Suv xo‘jaligi Vazirligiga qarashli
ITHB lar va TIB tashkilotlari;
Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va uning filallari;
“Suvloyiha” MCHJ;
Respublika muxandislik qidiruvlari
va laboratoriya tadqiqot markazi MCHJ.