Yoshlar ittifoqi


Boshlang'ich tashkilot yetakchisi

Tursunkulov Elbek Oybek o‘g‘li.

Теl.: +998973501107

Email: e_tursunkulov@tiiame.uz


Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Boshlangʻich tashkiloti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi – rektorning yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Tursunkulov Elbek Oybek o‘g‘li.

2007-yil 11-aprel kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tavallud topgan. 2019–2020-o‘quv yillarida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti Bekobod shahar kengashida “Matbuot bo‘limi” sardori sifatida faoliyat yuritgan. Maktab davrida bir necha fan olimpiadalarining shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan.

2024-yilda Bekobod shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo darajali attestat va “Oltin medal” bilan tamomlab, shu yili “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining **Ekologiya va huquq fakulteti Yurisprudensiya yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

2025-yil fevral oyida “Ma’muriy huquq” fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida sovrindor bo‘lgan. Shu yili o‘tkazilgan “Birinchi Toshkent xalqaro yoshlar yuridik forumi”da “The Best Speaker” va “The Most Impactful Video” nominatsiyalari g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, boshqa bir qator yuridik tanlovlar va xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi sifatida faol qatnashgan.

2025-yil “Munozara” respublika tanlovida faxrli 4-o‘rin, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining 2025-yil Toshkent bosqichida esa faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2025-yil sentabr oyidan boshlab “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar yetakchisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida faoliyat boshlagan va 2025-yil 27-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti  yetakchisi lavozimiga saylangan. Hozirda ushbu lavozimda samarali faoliyat olib bormoqda.


Boshlang‘ich tashkilotning maqsadi

o   Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ulami ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash,

o   Iqtidorli yoshlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.


Boshlang‘ich tashkilotning vazifalari 

o   Oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar tayyorlash;

o  Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo'lgan talaba-yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan talaba-yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

o  Talaba-yoshlami ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ulaming ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlami chuqur singdirish;

o  Talaba yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;


Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi:

o    Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashga Ittifoqining Oliy ta’lim muassasasidagi Boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi. Yoshlar Kengashi tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq:

o    Rektorning yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining unversitetdagi Boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi;

o    Intellektual loyihalar koordinatori;

o    Besh tashabbus loyihalari koordinatori;

o    Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;

o    Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

o    “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;

o    Talaba qizlar koordinatori;

o    Fakultetlar koordinatorlari kiradi.


Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalarni bajaradi: 

o    Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;

o    Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi,

o    Fakultetlar Yoshlar Kengashlari va guruhlar yoshlar yetakchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, tizimdagi barcha yetakchilar faoliyatiga uslubiy ko'mak ko'rsatadi,  a’zolarning, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi;

o    Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang'ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;

o    Oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;

o    Boshlang'ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;

o    Yuqori tashkilotlar va Oliy ta'lim muassasasi rahbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati yuzasidan so'ralgan ma'lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;

o    Boshlang‘ich tashkilot uchun belgilangan nomeklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar rahbarlari va Oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;