Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
Kattaqulov Farrux Sayfullayevich
Tel: +99871-237-09-83
E-mail: f.kattaqulov@tiiame.uz
« Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring » bo‘limi 1997 yil tashkil topgan. Bo‘limga 1997-1998 yillarda professor S.Avezbaev; 1998-2000 y y. prof. S.Sulaymonov; 2001 y. - dos. R.Abduraupov; 2001-2003 yy. dos. A.Muxammedov, 2003-2015 yy. dos. X.Shukurlaev, 2015-2017 y. X.Lapasov, 2017 yil iyun oyidan dotsent S.Umarov, 2018 – 2020 y.y. M.Yaxyayev, 2021 yanvar oyidan dos. F.Kattaqulov rahbarlik qilib kelmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqdash haqida»gi 140-sonli qarori;
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);
O’zDSt 1157-2008, USD SORD Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda bo‘limning Nizomiga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.
Universitetimizda 2019 yil yuqori tashkilotlardan kelgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o‘z vaqtida nazoratini ta’minlash ya’nada qulaylashtirish maqsadida elektron hujjat almashinuvi dasturi joriy qilindi. Buning natijasida qog‘ozbozlik va ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni ortiqcha vaqt sarflashini oldi olindi.
Universitetimizda talabalarni darsga qatnashishi fakultetlar kesimida nazorat qilib borildi.
Universitetimizda proffesor-o‘qituvchilar talabalar nigoxida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu so‘rovna kafedralar kesimida tahrirlandi.
2019 yilda talabalarning kontingenti ma’lumotlar bazasi shakillantirildi.
2019 yil universtetimizda amalga oshirilgan qurilish ishlarini monitoringi olib borildi.
«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda universitet Ilmiy kengashining qarorlari, universitet rektorining buyruqlarini o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va universitet rektorining virtual qabulxonalariga tushgan murojaatlar monitoringini olib boradi.
Bo‘limning asosiy vazifasi:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, topshiriq va xat-hujjatlari hamda Universitet Kengashi qaroralari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, universitet rektori buyruq va topshiriqlari ijrolarini monitoringini va nazoratini olib borish, har oy va har chorakda vazirlikka hisobot tayyorlash hamda bu asosiy vazifa bo‘yicha universitet Kengashida axborot berib borishdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar bilan birga, har hafta universitet rektori tomonidan o‘tkaziladigan «Dekanlar yig‘ilishi»da ham doimiy haftalik ijro intizomi holati haqida axborot berib boriladi.
Mazkur asosiy vazifalarda qator ishlar amalga oshirildi.