"Iqtisodiyot" kafedrasi
1974- yilda “Gidrotexnika inshootlari qurilishi” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi. Birinchi bo‘lib 1974-yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar talaba kunduzgi bo‘limga qabul qilindi. kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri etib texnika fanlari nomzodi, dotsent Valijonov Axmed Musayevich tayinlandi.
Kafedraning birinchi va asosiy o‘qituvchilari bo’lib dastlab iqtisod fanlari nomzodi, dotsent M.M.Mirpayazov, A.P.Pulatov, A.S.Sultonov, A.V.Xidonov, katta o‘qituvchi Z.S.Ivanova, assistent R.A.Badamova, keyinchalik esa kafedraga iqtisod fanlari nomzodi S.R.Ochilov, O.N.Koryakinlar dotsent lavozimida, T.S.Shodmonov, T.G.Djunusovlar assistentlik lavozimida ishladilar.
1975- yilda “Suv xo‘jaligini boshqarish” fakulteti tashkil qilingandan keyin kafedra ushbu fakultet tarkibiga o‘tkazildi.
1979-1980-yillarda kafedrada iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.P.Pulatov mudirlik qildi.
1980-1989-yillarda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.S.Sultonov mudirlik qildi.
1984-yilda iqtisod fanlari nomzodi S.A.Pechatkin dotsent lavozimiga ishga qabul qilindi.
1985-yilda iqtisod fanlari nomzodi V.N.Zarva dotsentlik lavozimiga qabul qilindi.
1985-yilga kelib kafedrada 7 nafar fan nomzodlari dotsentlik lavozimida ishladilar. Shu yillar ichida katta o‘qituvchi M.M.Isakova, assistent N.M.Karimova ishga qabul qilindi.
1979-yilda kafedra o‘qituvchilarining sa’yi-xarakati bilan birinchi 50 nafar suv xo‘jaligi iqtisodchilari fakultetimizni bitirdi.
Iqtisodiyot kafedrasiga 2013-yildan 2014-yilgacha dotsent Umarov Suhrob Rustamovich mudirlik qildi. 2014-yildan 2021-yilgacha iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Sangirova Umida Ravshanovna mudirlik qildi.
2018-yilda kafedra nomi “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlandi. 2021-yilda kafedra nomi “Iqtisodiyot” kafedrasiga o‘zgartirildi. 1974-yilda «Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish» nomi bilan tashkil etilgan hamda 1974-1979 yilllarda dots. A.M. Valijanov, 1980-yilda dots. A.P. Po‘latov, 1981-1982-yillarda prof. A.S.Sultonov, 1982-1984-yillarda prof. R.Tursunov, 1985-1992-yillar prof. Em.V.A., 1992-1994-yillarda prof. X.A.Baxretdinova, 1995-2002-yillarda dots. X.T.Toshmatov, 2003-yilda dots. Z. Adilova, 2003-2004-yillarda dots. B.G.Mirkarimov, 2004-2007-yillarda dots. Z.Ya. Xudoyberganov, 2007-2008-yillari dots. A.J.Toshboyev, 2008-2015-yillarda dots. J.X.Rashidov, 2015-2017-yillari dots. B.X.Shafkarov, 2017-2019-yillarda dots. A.Tulaboyev va 2019-2022-yillarda dots Li M.R. rahbarlik qilgan kafedra “Menejment” kafedrasi “Iqtisodiyot” kafedrasi tarkibiga o‘tkazildi.
2021-yildan 2023-yilgacha iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy hodim Sultanov Bahodir Fayzullayevich mudirlik qildi.
Kafedraga 2023-yil oktabrdan hozirgacha iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent B.Shafkarov rahbarlik qilmoqda. O‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ma’naviy ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish yangi pog‘onaga ko‘tarildi. So‘ngi yillarda kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, Iqtisodiyot, Turizm yo‘nalishlarida o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlarini 4+2, ya’ni 4 kun o‘qish 2 kun amaliyot o‘tash tizimi joriy etildi. Bunda talabalarning amaliyot o‘tashi ham ishlab chiqarishdagi yetakchi mutaxassislar ham kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu amaliyot jarayonlari ‘Turon bank” ATB, “Xalq banki” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Ipoteka bank” ATB, “Milliy bank”, “Kapital bank”, “Texnopark” MCHJ, “Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar ilmiy tadqiqot instituti”, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi”, “Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti” hamda ko‘plab mehmonxona, turoperatorlik va sayyohlik firmalari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Bu ta’lim bilan ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlashda katta rol o‘ynamoqda. Endilikda Turizm yo‘nalishida talabalarni o‘qitishning 3+3 ko‘rinishida dual ta’lim shakli joriy etildi.
Iqtisodiyot, Bioiqtisodiyot va Biznesni boshqarish magistratura mutaxassisligi talablariga o‘quv jarayonini to‘liq ingliz tilida amalga oshirish joriy etildi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida barcha kurslarda ingliz guruhlar tashkil etildi va barcha o‘quv jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun kafedraga ko‘plab fan, ta’lim va ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan, xorijda yuksak yutuqlarga erishgan, ingliz va rus tillarida dars olib boradigan mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar hamda magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan kadrlar ishga jalb etilmoqda. Jumladan, Germaniya, Janubiy Korea, Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy davlatlarda o‘qib kelgan professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda hamda ushbu davlatlardagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professor o‘qituvchilar o‘quv jarayonlariga jalb qiilindi va ishga olindi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari dunyoning yetakchi universitetlarida o‘z kasbiy malakalarini oshirib, diplom va sertifikatlarga ega bo‘lmoqda. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (PhD va DSc darajalari) bo‘yicha qabul amalga oshirib kelmoqda.
Top 300 talikka kirgan hamkor oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari asosida o‘quv rejalari va dasturlari takomillashtirildi. Shuningdek, ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSH, Germaniya, Janubiy Korea, Rossiya, Malayziya kabi davlatlar bilan hamkorlikda turli loyihalar amalga oshirish, uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etilib kelmoqda. O‘quv rejalar, fan dasturlari xalqaro talablar darajasida qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv adabiyotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etildi va o‘quv jarayoniga joriy qilindi. Kafedrada bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha xorijiy jurnallarga maqolalar tayyorlash borasida turli seminar va tajriba almashinuvlari tashkil etilgan. Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda ham ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda.
Ixtisosligi
08.00.04 -Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti
Bakalavriatura ta’lim
yo‘nalishlari
60410100 –
Iqtisodiyot
61010100 – Turizm va
mehmondo‘stlik
Magistratura mutaxassisliklari
70310102 -
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
70310109 - Bioiqtisodiyot
70411302 - Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
“Iqtisodiyot” kafedrasining
professor-o‘qituvchilari iqtisodiy fanlar bo‘yicha dolzarb muammolarga yechim
taklif etadi. “Iqtisodiyot” kafedrasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklarida quyidagi fanlar o‘qitiladi:
· Agromarketing
· Biznes
rejalashtirish
· Biznes
boshqaruvi
· Iqtisodiyot
nazariyasi
· Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi
· Islom
moliyasi
· Loyiha
boshqaruvi
· Makroiqtisodiyot
· Marketing
· Mikroiqtisodiyot
· Strategik
menejment
· Suv
xoʻjaligi iqtisodiyoti va menejmenti
· Tadbirkorlik
huquqi
· Turizm
asoslari
· Turizm
iqtisodi va geografiyasi
· Turizm
marketingi
· Turizm
transporti va distributsiyasi
· Turizm:
nazariya va amaliyot
· Turizmda tadbirlarni tashkil etish
· Xalqaro marketing
Malaka oshirish
Kafedraning
professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida
bilim va tajribasini oshirmoqda, shuningdek, tajribali olimlar bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi D.
Shavqiddinova 2024-yilda Moskva shahrida joylashgan Iqtisodiyot Oliy Maktabi
Milliy Tadqiqot Universitetida malaka oshirishdan o‘tdi.
To‘garaklar
Kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha alohida
guruhlar tashkil etilgan. Guruh rahbarlari dotsent Sangirova va assistent A.
Berdimurodov hozirgi kunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar
ustida ish olib bormoqda.
“Economist” guruhi a’zolari soni 14 nafar bo‘lib, iqtidorli talabalar tanlov asosida jalb etiladi. “Economist” guruhi a’zolari hozirgi kunda “Yuksalish” liderlar maktabi va “Kelajak liderlari” klubiga jalb etilgan. Ular hujjatlashtirish, menejment, SMM va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv-seminarlarda ishtirok etmoqda.
“Iqtisodiyot” fakultetida talaba yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat”, “Munozara” intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda fakultet talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Yakunda g‘olib deb topilgan jamoalarga 1-, 2- va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari, kitoblar topshirildi. Bunday o‘yinlar talaba yoshlar orasida sog‘lom raqobat va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Xalqaro maqolalar
1. Atabek Umirbekov, Richard Essery, Daniel
Müller. "GEMS v1.0: Generalizable Empirical Model of Snow Accumulation and
Melt, based on daily snow mass changes in response to climate and topographic
drivers. Published: 02 Feb 2024. 911-912
бетлар" https://doi.org/10.5194/gmd-17-911-2024
2. Barchynai
Kimsanova, Atabek Umirbekov, Thomas Herzfeld and Daniel Müller.
"Heterogeneous effects of weather extremes on different dimensions of
poverty in Kyrgyzstan". "PUBLISHED 9 January 2024". https://doi.org/10.1088/1748-9326/ad1720
3. Barchynai
Kimsanova, Golib Sanaev, Thomas Herzfeld. "Dynamics of food demand during
political instability: Evidence from Kyrgyzstan". Volume55, Issue1.
January 2024. Pages 41-53. https://doi.org/10.1111/agec.12810
4. Davron
Ziyadullaev, Dilnoz Muhamediyeva, Khosiyat Khujamkulova, Doniyor Abdurakhimov,
Azizahon Maksumkhanova and Gulchiroy Ziyodullaeva. Ensemble data mining methods for assessing
soil fertility. E3S Web of Conferences 494, 02013 (2024).
"DOI10.1051/e3sconf/202449402013 \
5. Narmurod
Sattarov, Kadirjon Shavazov, Rustem Yunusov, Anvar Suvanov, Abdimalik
Yangiboev, Ilyosjon Kholbutaev, and Atanas Atanasov. "Raising calves using
cold methods at an early age". BIO Web of Conferences 105, 04002 (2024). https://doi.org/10.1051/bioconf/202410504002
6. Khujamkulova
Kh.I. "REVOLUTIONIZING AGRICULTURAL EXPORT: A CENTRALIZED DIGITAL PLATFORM
FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT". Vol..3, Issue 1 ISSN:2349- 0012I.F. 8.1.
82-87 бетлар
7.T.U.
Usmоnov, M.S. Karimov, N.K. Usmanov, and M. Saidova. Device for cleaning
irrigation trays". BIO Web of Conferences. Volume 108 (2024). https://doi.org/10.1051/bioconf/202410825006
8. Sattarbergan
Avezov, Markhamat. Rakhimbabaeva, Aziza Ibraimova, Azizahon Maksumkhanova, and
Anvar Rasulov. "Temporal Analysis of NDVI-LST Relationship Using MODIS
Data: A Case Study of the Bukhara Region, Uzbekistan". April 25 - 27, 2024
9. Akmal
Durmanov, Tulkin Farmanov, Fotima Nazarova, Bahtiyar Khasanov, Farkhod
Karakulov, Nodira Saidaxmedova, Murodjon Mamatkulov, Talantbek Madumarov,
Khurshida Kurbanova, Abror Mamasadikov, Zahiriddin Kholmatov. "Effective
Economic Model for Greenhouse Facilities Management and Digitalization" Vol. 5, No. 2, June, 2024. http://dx.doi.org/10.
28991/HEF-2024-05-02-04
10. Inoyatova, M., Ziyadullaev, D., Muhamediyeva, D.,
Aynaqulov, S., Ziyaeva, S. Data mining for assessing soil fertility. E3S Web of
Conferences 494, 02012 (2024). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449402012
11. Tadjibaeva Muyassar Karimbaevna, Azamov Omadjon
Burkhanovich, Zokirova Sokhiba, Gafur-Akhunov Mirza Ali, Yuldasheva. Dilnavoz
Xasanovna, Mirzayunusova Ziyoda Ibragimovna, Egamberdiev Salim Karimberdievich,
Jalilov Olimjon Mukhidinovich, Bahrom
Shafkarov, Jumaniyozova Lola Khudayberganovna , Sheraliyeva Munavvar.
Abdullayevna, Sulaymanov Dilshod.
Abdirakhimovich, Mashaev Eldor Ergashvoy ugli. "Synergistic Effects of
Paclitaxel and Doxorubicin with Liposomes Nanoparticles in Cancer Therapy: A
Review". J Nanostruct 14(2): 578-587, Spring 2024. https://jns.kashanu.ac.ir/article_114567.html
12. Alimov, Uchkun Z. Saidova, Madina Kh, Kholiyorov,
Umirzoq E. Methodology for assessing the loss of agricultural products in
conditions of ensuring food security. Volume 54812 July 2024 Article number
02001. DOI10.1051/e3sconf/202454802001
13. Shavkat Muzafarov, Vladlen Balitsky, Aziz Вabayev,
Оrifjon Кilichov, Nusratillo Toshpulatov, Azamat Tabaev, Orifjon Sattorov.
"Investigation the formation of a spark discharge from a layer of
deposited dust on a grounded electrode and dependence of air purification
degree on the potential electrode voltage". E3S Web Conf. Volume 563,
2024. Beijing, China, October 14-15, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456301018
14. Sardorjon Saloydinov, Romen Zakhidov, Suhrob Umarov,
and Lokesh Joshi. "Opportunities to Increase the Energy
Efficiency of Reservoirs and Hydroelectric Power Plants Using Wind Energy
Technologies". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457401003
15. Svetlana
S. Gutman, Maya M. Egorova, Boburshoh B. Ibragimov, , Sanobar Nosirova, and
Venera Seytenova. "The Relationship Between ESG Metrics and Financial
Performance of an Enterprise in the Oil and Gas Sector". Tashkent,
Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403004
16. Sergei
Grishunin, Ekaterina Burova, Svetlana Suloeva, Denis Pishchalkin, Bokhodir,
Isroilov, and Samandar Doliev. "Greenium and Its Determinants at Various
Phases of Life Cycle of European Green Bond Market". Tashkent, Uzbekistan,
June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403005
17. Abdurashid
Tukhtabayev, Martabakhon Dadajonova, Gulchehra Sativaldiyeva, Umirzok
Kholiyorov, and Shahzoda Hamidova. "Harnessing Green Bonds for Sustainable
Development: An Empirical Impact and Insight". Tashkent, Uzbekistan, June
14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403006
18. Normakhmad
Ravshanov, Nodira Tashtemirova, Uchkun Alimov, and Malik Ubaydullaev.
"Modelling the Spatial Distribution of Industrial Facilities and Green
Areas to Reduce the Ecological Footprint". Tashkent, Uzbekistan, June
14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404002
19. Elnorakhon
A. Muminova, Akramjon A. Usmanov, Shokhistakhon N. Akhunova, Farhod R. Askarov,
and Abror A. Mamasadikov. "The Impact of Economic Growth on Environmental
Pollution: The Case of Uzbekistan".
Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404003
20. Gavkhar
Sultanova, Rano Djuraeva, Azamat Ahmedov, and Suriya Turaeva. "Does Export
Diversification Matter for Ecological Footprint in Uzbekistan? Empirical
Evidence from ARDL Approach". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404004
21. Jiyengu'l
Erejepova, Sherjon Sherjonov, Sevinchbek Egamov, Feruz Matkarimov, and
Sherzodbek Murodov. "Investigating the Relationship Between Tourism,
Economic Growth, and CO2 Emissions in Uzbekistan". Tashkent, Uzbekistan,
June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404007
22. Natalia
Martinova, Elyor Makhmudov, and Mukhammad Kholikulov. "Green Technologies:
Protective Shield Made of Bentonite Mats for Use in Municipal Waste
Landfills". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457405006
23. Elyor
Makhmudov, Anna Zavaleeva, Ilya Zavaleev, and Akmal Berdimurodov. "Life
Cycle Analysis of a Renovation Project for Old Housing in Tashkent to Reduce
Greenhouse Gas Emissions". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457405007
24. Dilnavoz
Shavkidinova, Feruza Suyunova, and Oysara Makhsudova. "Analysis of Green
Buildings on Children’s Playgrounds and the Composition of Their
Equipment". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457406002
25. Ilkhomzhon
Shukurov, Odina Olimova, Lola Shukurova, Olimjon Urokov, and Kodir Nosurullaev.
"Green Heat and Wind Factors in Sustainable Urban Development of
Mountain-Basin Relief". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457406004
26. Valeriia
Arteeva, Eleonora Markaryan, Samandar Doliev, and Azizbek Shomirov.
"Assessment of the Impact of Green Economy Development on
Employment". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457407003
27. Evgeny
Kuzmin, Bakhadir Mirzaev, and Uchkun Alimov. "Editorial: Green Taxonomy
for Sustainable Development". Tashkent, Uzbekistan, June 14-16, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457400001
28. Donaxon
Olimboyeva, Davron Ziyadullaev,Dilnoz Mukhamedieva, Khosiyat Khujamkulova,
Mukhammadyahyo Teshaboyev, and Gulchiroy Ziyodullaeva. "Solving diabetes
diagnosis problems using machine learning" 22
July 2024. https://doi.org/10.1051/bioconf/202412101003
29. Nargis
Kurbanazarova, Dilnavoz Shavkidinova, Murodilla Khaydarov, Nazmiya
Mukhitdinova, Khuriyat Khudoymurodova, Dilfuza Toshniyozova6, Nodir Karimov,
and Rakhima Alimova. Development of Speech Recognition in Wireless Mobile
Networks for An Intelligent Learning System in Language Education. Volume: 15,
number: 3 (September), pp. 298-311. DOI: 10.58346/JOWUA.2024.I3.020
30. Umida
Sangirova, Dildora Shadieva, Madina Raimjanova, Nargisaxon Umurzakova, and
Nargiza Akramova. "Green economy development in the Republic of Uzbekistan".
09 October 2024 . https://doi.org/10.1051/bioconf/202413008028
31. Zafar
Kurbanov, Abdusame Tadjiev, Nodir Djanibekov, Ajit Govind and Akmal
Akramkhanov. Farmers' Participation in Messenger‐Based Social GroupsAnd Its
Effects on Performance in Irrigated Areas ofKazakhstan and Uzbekistan.
Accepted: 24 October 2024. https://doi.org/10.1002/agr.21995
32. Bakhadir
Sultanov, Bekzod Djurayev, Shirin Fayziyeva, Gulnoza Samiyeva. Improvement of
the modeling system of mineral fertilizer use efficiency in agriculture".
BIO Web Conf. Volume 95, 202. https://doi.org/10.1051/bioconf/20249501002
33. Li
Marina Rudolfovna, Shoba Sergey Alekseevich, Azizahon Mukadirovna
Maksumkhanova. “FOOD SECURITY: THE CHALLENGE OF THE PRESENT IN UZBEKISTAN”
International Journal of Global Economic Light (JGEL) Volume: 10 | Issue: 6
|June 2024. Journal DOI:
10.36713/epra0003. https://eprajournals.com
34. Dilnavoz Shavkidinova. Impacts of environmental factors on milk starter
culture performance in sustainable dairy production. Caspian Journal of
Environmental Sciences. https://www.scopus.com/sourceid/21100913647?origin=resultslist#tabs=2
Xalqaro hamkorlarimiz
Iqtisodiyot kafedrasining o‘qituvchilari tashabbusi bilan 2024 yil,
29 martdan - 1 iyulgacha «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida AQSH
ning Vyoming Universiteti professori Dr. Elizaveta Korzova Pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markaziga ishga qabul
qilindi
Kanadaning elit biznes maktabi bo‘lgan Ivey Biznes maktabining uch nafar talabadan iborat jamoasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga keldi. 2024 yil 20-29 aprel sanalarda 10 kunlik seminarda Iqtisodiyot kafedrasining tegishli o‘qituvchilari ishtirok etishdi
2024-yilning, 6-7-dekabr kunlarida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan “Iqtisodiyot Oliy Maktabi” Ilmiy Tadqiqot Universitetining Moliya fakultetida “ESG ( Atrof-muhit, Jamiyat, Hukumat) korporativ dinamikasi: Rivojlanayotgan kapital bozorlari uchun muammolar” 2024 yilgi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro konferensiyada “Iqtisodiyot” kafedrasining katta o‘qituvchisi D. Sh. Shavqidinova “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ESG tamoyillarini amalga oshirish: iqlim o‘zgarishlariga qarshi tomchilatib sug‘orish tizimlarining natijalari” mavzusida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi
Mahalliy hamkorlarimiz
Kafedrada 30 ta tashkilot, jumladan “Bo‘z-suv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi, “Chirchiq Ohangaron” ITHB, “Suvsanoatmash” AJ, “Bilim Tech “ MCHJ , “Keng Makon“ MCHJ, “Zomin Farm“, “Oltin Zamon Biznes “MCHJ , “Toshkent viloyati Qishloq xojaligi boshqarmasi“, “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ITI bilan turizm sohasida “KARAMAN HOTEL” OK, “The One Voyage“ MCHJ, “Ramada Tashkent“, “Tourist-uz“ MCHJ , ”Roha Travel Agency” MCHJ , “Tamerlan Travel“ MCHJ, “Windermere Pro” MCHJ, “Beshimov S X Group“ MCHJ , OOO “New Darhan Hotel, “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti”, “Trip my dreams” ma’suliyati cheklangan jamiyat innovatsion hamkorlik borasida shartnomalar mavjud. Unga ko‘ra 4 innovatsion guruhlar mavjud bo‘lib, unda 12 nafar professor-o‘qituvchilar, 22 nafar korxona vakillari, 3 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchilar, 2 nafar magistrantlar va 9 nafar iqtidorli talabalar faoliyat olib borishadi. Hamkor tashkilotlarning ilmiy texnologik muammolari bo‘yicha 6 ta kurs ishi, 3 ta magistrlik dissertatsiyalari va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada “DIPLOMAT UNIVERSITY” MCHJ bilan hamkorlikda bajarilayotgan 20 mln soʻmlik xo‘jalik shartnomalari mavjud bo‘lib, jumladan Iqtisodiyot yoʻnalishida professor oʻqituvchilarning malaka oshirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha 42/2024 sonli shartnoma imozlandi.
Kafedra xodimlari

Shafkarov Baxrom Xudoyberdiyevich
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Uzum yetishtirish va uning iqtisodiy samaradorligi
(99871) 237-19-58

Sangirova Umida Ravshanovna
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Institutsional iqtisodiyot
+998935546288

Abdurazoqova Napisa Maxkamovna
Dars beradigan fanlar: Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, Biznes rejalashtirish, Xorijiy investitisiya, Agromarketing
(99871) 237-19-58

Doʻstmurodov Gʻaniboy Davlatboyevich
Dars beradigan fanlari: Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, Biznes rejalashtirish, Kichik biznes va tadbirkorlik
(99871) 237-19-58

Yunusov Iskandar Orifovich
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: Baliqchilik tarmogʻini intensiv rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish (08.00.04, DSc).
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Raqamli biznes boshqarish, Atrof-muhit iqtisodiyoti
(99871) 237-19-58

Umarov Suxrob Rustamovich
Dars beradigan fanlari: Innovatsion iqtisodiyot, Xorijiy investitsiyalar, Global iqtisodiy rivojlanish, Iqtisodiy xavfsizlik
+998909774706

Murodov Sherzod Murod oʻgʻli
Dars beradigan fanlar: Bioeconomic Development and Policy, Statistics and Analysis of Bioeconomic Data, Sustainable production and consumption of plant and animal products, Bioeconomy-based research and technological development (RTD), innovation and business models, Economics of Agriculture, Macroeconomics
+998935533340

Sattorov Orifjon Boymurodovich
Dars beradigan fanlar: Suv xoʻjaligi iqtisodi va menejmenti, Suv xoʻjaligi iqtisodiyoti, Iqtisodiyot nazariyasi.
(99871) 237-19-58

Berdimuradov Akmal Azamat o'g'li
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Raqamli iqtisodiyot sharoitida qishloq xoʻjaligida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yoʻnalishlari
Dars beradigan fanlar: Xorijiy investitsiyalar, Raqamli iqtisodiyot, Kreativ iqtisodiyot, Innovatsion iqtisodiyot, Global iqtisodiy rivojlanish
(99871) 237-19-58

Xushmatov Norqul Sadullaevich
Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Gʻoʻza seleksion navlari iqtisodiy samaradorligini baholashninig ilmiy-uslubiy asoslari” (DSc);
Dars beradigan fanlari: Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti; Resurslar iqtisodiyoti.
(99871) 237-19-58

Sultonov Bahodir Fayzullayevich
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, Jahon qishloq xoʻjaligi
+998909804027

Yuldashev Abdimutalib Ibrohimovich
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy talimotlar tarixi, Makroiqtisodiyot, Tadbirkorlik huquqi
+998903503279

Shaakramov Qahramon Kuchqarovich
Dars beradigan fanlari: Yashil iqtisodiyot, Resurslar iqtisodi, Turizm asoslari, Turizm marketingi
+998909876401

Mirzayev Shokir Aripovich
Dars beradigan fanlar: Islomiy moliya asoslari, Iqtisodiyot nazariyasi
+998935476437

Xoliyorov Umirzoq Ergashovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirish yoʻllari”
Dars beradigan fanlar: Marketing, menejment
+998970017422

Iskandarov Muxammadali Olimovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Islom sug‘urtasi va uni rivojlantirish yo‘llari”
Dars beradigan fanlar: Iqtisodiyot nazariyasi, Islom moliyasi, biznes rejalashtirish, biznes kommunikatsiya
+998909601658

Yaxʻyayev Otabek Yusupovich
Dars beradigan fanlar: Iqtisodiy taʻlimotlar tarixi, Inson resurslarini boshqarish, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot
+998-93-436-17-26

Mamasadikov Abror Anvarovich
Dars beradigan fanlar: Biznes kommunikatsiya, Mintaqaviy iqtisodiyot, Resurslar iqtisodiyoti
+998975977998

Suyunova Zarnigor Shovqidin qizi
Dars beradigan fanlar: Tovarshunoslik,ekspertiza va standartlashtirish, turizm marketingi
+998940643932

Inoyatova Manzura Mirxabib qizi
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Qishloq xoʻjaligida yer munosabatlarini tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mehanizmlari”
+9989974070203

Estekov Aktilek Uralxanovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Raqamli iqtisodiyot sharoyitida agrobisnezni rivojlantishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari”
+998913991836

Tosheva Maftuna Rustamovna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Qishloq xoʻjaligida yashil texnologiyalardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari
+998935858805

Salomova Zarina Murodovna
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yoʻnalishlari”
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy taʻlimotlar tarixi, Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot
+998997895668

Otavullayev Suxrob Saʻdullo oʻgʻli
Ilmiy tadqiqod mavzusi: "Oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlashda issiqxona sanoatidan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy avfzalliklari"
+998977193030

Nosirova Sanobar Sabirdjanovna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: “ Qishloq aholisi daromadlarini agroturizmni rivojlantirish asosida oshirish yollari”
Dars bergan fanlari; Menejment Marketing, Korxonalarda lish yuritishni tashkil etish, Iqtisodiyot nazariyasi.
+998990777454

Shirinova Madinabonu Murod Qizi
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Agroturizm tizimini rivojlanish istiqbollari.
Dars bergan fanlari: Menejment, Bizness, Elektron tijorat, Iqtisodiyot taʻlimotlar tarixi, Marketing
+998999352448

Xujakulova Nigora Rustamovna
Ilmiy tadqiqot mavzusi: "Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishning sifat va samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish".
Dars beradigan fanlari: Makroiqtisodiyot, IDTTSU, Yashil iqtisodiyot
+998919555623

Doliev Samandar Toirovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Agroklasterlar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Dars bergan fanlari: Agromarketing, Menejment, Xalqaro Menejment, Loyihala analizi, Tashkiliy xulq.
+998900055007

Nosurullayev Qodir Abdisharib oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Qishloq xoʻjaligida sugʻurtalash mexanizmini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot
+998977078758

Xoliqulov Muhammad Abdurasul oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Meva-sabzavotchilik sohasiga investitsiyalarni jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiyot nazariyasi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot
+998946027407

Yaxyayev Maqsud Mavlanovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: Yaylov chorvachiligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Dars beradigan fanlari: Turizm asoslari, Turizmda tadbirlarni tashkil etish
+998909720808

Bakayeva Feruza Abdusapiyevna
Dars beradigan fanlari: Mikroiqtisodiyot, Iqtisodiy xavsizlik, Loyiha boshqaruvi, Xalqaro menejment, Iqtisodiyot nazariyasi, Marketing
+998970057992

Axmedov Azamat Kamilovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Qishloq xoʻjaligini moliyalashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”
Dars beradigan fanlari: Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot
+998712371958

Muxtarova Donata Ravshanbekovna
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Модернизация организационно-экономических основ производства цветочной продукции.”
Dars beradigan fanlari: Экономическая теория, История экономических учений, Микроэкономика.
+998911637722

Xujamkulova Xosiyat Ishbayevna
Dars beradigan fanlari: Korxonalarda ish yuritishni tashkil etish, Menejment, Innovatsiya menejmenti, Marketing.
+998974032150

Saidmurodova Malika Oʻktam qizi
Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”
Dars beradigan fanlar: Turizm marketingi, Turizm asoslari,Mintaqaviy turizm resurslari, Gastronomiya
+998909819002

Umurzakova Gulyor Eshnazar qizi
Ilmiy tadqiqot mavzusi: "O`zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʻzo boʻlish masalalarining iqtisodiy ahamiyati va zamonaviy yechimlari "
Dars beradigan fanlari: Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot
+998990520143

Alimov Uchqun Zoirovich
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Poliz mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yoʻllari”
Dars beradigan fanlari: Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, Iqtisodiyot nazariyasi
+998712371970

Yunusova Ugʻiloy Bolkiboy qizi
Ilmiy tadqiqod mavzusi: “Turizmni rivojlantirish orqali bandlikni taʼminlash”
Dars beradigan fanlari: Tourism and cultural Heritage, Organizing Events in tourism, Mintaqaviy turizm resurslari, Turizm Iqtisodiyoti va geografiyasi
+998939901803

Shavqidinova Dilnavoz Shavqidin qizi
Ilmiy izlanishlar olib borayotgan mavzulari: Yashil iqtisodiyot, Taʻlimning iqtisodiyotga taʻsiri, Organik meva- sabzavotlarni sotishning marketingi, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar natijalari.
Dars beradigan fanlari: Bioiqtisodiyot, Inson resurslarini boshqarish, Iqtisodiy rivojlanish, Makroiqtisodiyot, Doiraviy iqtisodiyot, Atrof-muhit iqtisodiyoti.
+998932895551

Karimov Sardor Mashrapjon o’g’li
Ilmiy tadqiqot mavzusi: Dundee shahrining uch punkida (shahr markazi, o’rtasi va chetida) yayov yurishning analiz qiyoslari
Dars beradigan fanlari: Menejment, Turizm Iqtisodi va Geografiyasi
+998901674045
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Mikroekonomika (ingliz) (Magistratura+xalqaro) | The aim of
the course is to teach students both theoretical and practical aspects of
functioning and development of modern market economy, as well as the formation
of knowledge, skills and abilities related to the profile profile of market
entities to study economic activity in different market structures. The purpose
of the subject is to study the main problem of the market economy and its
solution; study of supply and demand, and their influencing factors; study of
market balance, maximum and minimum prices, elasticity of supply and demand and
directions for their practical use; study of consumer choice, consumer behavior
in market and its influencing factors; study of production and production
factors, their optimal use, analysis of production costs; studying the behavior
of firms in competing and non-competitive market structures and the factors
influencing their operations, the effects of the economic policy of the state;
to teach the principles of monopoly power, indicators of monopoly power and
pricing in monopoly conditions. |
2 | Raqamli iqtisodiyot (ingliz) (Magistratura+xalqaro) | Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga raqamli
iqtisodiyotning biznes va ijtimoiy
sohadagi o‘rni va ahamiyatini o‘rgatish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish,
biznes modellari, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyalarni qo‘llash
bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdir. Fanning
vazifasi - talabalarga raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish,
blokcheyn texnologiyalarning moxiyatini anglab yetish, global axborot resurs
bazalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash,
elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, elektron tijorat
modellaridan samarali foydalanish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni
o‘rgatishdan iboratdir. |
3 | Suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari iqtisodiyoti (Magistratura+xalqaro) | “Suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari iqtisodiyoti” fani
magistrlarning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida sug‘orma dexqonchilikning suv
ta’minotini yaxshilashda suv xo‘jalik qurilishiining o‘rni va roli, ularning
samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash masalalarida talab qilingan
ko‘nikmalarini hamda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
4 | Innovatsion faoliyatni tashkil etish (Magistratura+xalqaro) | Innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy
mohiyati. Qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanishning o‘ziga xos
xususiyatlari va ahamiyati. Innovatsion tadbirkorlik – tarmoq samaradorligini
oshirish omili. ASMda innovatsiya loyihalari va innovatsiyalar bozorining
shakllanishi va innovatsiya samaradorligini baholash uslubiyati. ASMda
innovatsiya faoliyati va jarayonini boshqarish asoslari. Innovatsiyalarni
o‘zlashtirish istiqbollari va axborot markazlarining roli. ASMda
innovatsion faoliyatning ustivor yo‘nalishlari. |
5 | Agromarketing (Magistratura+xalqaro) | Bugungi kundagi iqtisodiyot
tarmog‘ining tubdan o‘zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish,
islohatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida agromarketingni
boshqarish sohasidagi andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash
bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib
hisoblanadi. “Agromarketing”
fani qishloq xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish korxonalar iqtisodiy faoliyatini
unumli olib borishlari uchun ularning bozorga yo‘naltirilgan marketing
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish , narx, tovar, sotish,
kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish yo‘llarini nazariy va
amaliy tomonlarini o‘rgatadi. |
6 | Iqtisodiy tadqiqotlar metodikasi (Magistratura + Xalqaro) | Tadqiqotning tashkiliy va metodik asoslari.
Ilmiy tadqiqotda metod va metodologiya muammolari. Iqtisodiy metodologiya
iqtisodiy tadqiqotlarning yo‘nalishi sifatida. Iqtisodiy tadqiqot metodlari
tasnifi. Dialektik materializm tamoyillaridan iqtisodiy jarayonlarda umumiy
bilish metodi sifatida foydalanish. Tadqiqotning statistik-iqtisodiy metodi.
Tadqiqotning abstrakt-mantiqiy metodi. Tadqiqotning monografik metodi.
Tadqiqotning balans metodi. Tadqiqotning eksperiment metodi. Funksional-qiymat
metodi. Maqsadli dasturlar ishlab chiqish metodi. Tadqiqotning
hisob-konstruktiv metodi. Tadqiqotning sotsiologik metodi. Ekspert metodi.
Iqtisodiy-matematik modellashtirish. Yangi bilim va fan va texnika
yutuqlaridan foydalanish samaradorligi. |
7 | Makroiqtisodiyot | Bozor xo‘jaligi umumiy nazariyasining bo‘limi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xo‘jalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlar o‘rgatiladi. |
8 | Mikroiqtisodiyot | Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi xatti-xarakati, turli bozorlarda narx belgilash, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish bilan bog‘liq masalalar taxlil qilinadi. |
9 | Iqtisodiyot nazariyasi | Iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jaxon xo‘jaligiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, xozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining roli masalalari o‘rgatiladi |
10 | Jahon qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti | Jahon qishloq xo‘jaligi, uning iqtisodi, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‘lgan yer, suv va mehnat resurslari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlangan, rivojlanayotgan davlatlar miqyosida o‘rgatiladi |
11 | Korxona iqtisodiyoti | Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o‘rni va roli, uning funksiyalari, vazifalari, tasnifi, tuzilmasi va uni belgilovchi omillar hamda korxonalar to‘g‘risidagi qonunchilikning takomillashuvi o‘rgatiladi |
12 | Ko‘chmas mulk investitsion nazariyasi va tahlili | Ko‘chmas mulk bozorida investitsiya imkoniyatlarini baholash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarini egallash, ko‘chmas mulk ob’ekti investitsiya jozibadorligini moliyaviy matematik tahlilining zamonaviy usullaridan foydalanish, dunyo amaliyotida qo‘llanilayotgan vosita (instrument)larini o‘rgatadi. |
13 | Xorijiy investitsiyalar | Xorijiy investitsiyalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati, investitsiya siyosatini yuritishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning roli, xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi, xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan me’yoriy-huquqiy shart-sharoitlar, investitsiya faoliyatini tartibga solish yo‘llari o‘rgatiladi |
14 | Kichik biznes va tadbirkorlik | Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli o‘rgatiladi |
15 | Agrosanoat majmui iqtisodiyoti | ASMning tarkibi, sohalar ishlab chiqarishning bir-biriga uzviy bog‘lanishi, tarmoq va korxonalar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari o‘rgatiladi |
16 | Iqtisodiyot va menejment | Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi |
17 | Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (Iqtisodiyot yo‘nalishiga) | Qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, faoliyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda qishloq xo‘jaligining tashkiliy, huquqiy va ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi |
18 | Loyiha tahlili | Loyihalarning turlari, texnik iqtisodiy asoslash, biznes reja, investitsion jarayonlarning qatnashchilari, investitsion loyihalarni baholashning asoslari va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rgatiladi |
19 | Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti (SXTEB yo‘nalishiga) | Suv xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, suv xo‘jaligi tashkilotlari iqtisodiyoti, sug‘orma dehqonchilikdagi muammolar va ularni kelib chiqish sabablari, yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rgatiladi |
20 | Innovatsion iqtisodiyot | Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishdagi roli, innovatsion rivojlanishini belgilovchi omillari, innovatsion faoliyatni boshqarishning muxim muammolari, sanoat korxonalarida ilmiy loyixalarning moxiyati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi. |
21 | Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (SXTEB yo‘nalishiga) | Qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, faoliyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda qishloq xo‘jaligining tashkiliy, huquqiy va ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi |
22 | Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (SXM yo‘nalishiga) | Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi |
23 | Atrof muhit resurslar iqtisodiyoti | Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi, resurslardan oqilona va kompleks ravishda foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal etish, tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining samaradorligi, yetkazilgan zararni baholash yo‘llari o‘rgatiladi |
24 | Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (KXM yo‘nalishiga) | Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi |
25 | Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (KXMTTS yo‘nalishiga) | Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi |
26 | Suv xo‘jaligi qurilishi iqtisodiyoti | Qishloq va suv xo‘jaligi uchun ob’ektlar qurish, ularning iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarish faoliyatini biznes rejasi, loyiha smeta hujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o‘tkazish, iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari o‘rgatiladi |
27 | Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati tahlili | Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati, ularning asosiy vazifalari, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilish metodikasi o‘rgatiladi |
28 | Biznes rejalashtirish | Biznes-rejalashtirish, rejalashtirish texnologiyasining zamonaviy uslublari va amaliyotini o‘rganish; biznes-rejaning tuzilmasi va mazmunini belgilash; biznes-reja bo‘limlarining rejalashtirish uslublarini o‘rganish; biznes-rejani ilgari surish mexanizmini o‘rganish; biznes-rejaning samaradorligini baholash uslubiyatini o‘rganish. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://em.tiiame.uz/ru/page/iqtisodiyot
Kafedra mudiri: Shafkarov Baxrom Xudoyberdiyevich
Qabul kunlari: None