Stipendiyalar

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan

MIQDORLARI*

2025-yil 1-avgustdan boshlab

T/r

Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar

Stipendiya miqdori
(bir oyda, soʻm)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi

2 410 695

2.

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʻlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari

1 607 130

3.

Davlat granti asosida, shuningdek, bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun stipendiya

683 604

4.

Davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya va qizlar uchun maxsus stipendiya

569 670

5.

1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar uchun stipendiya

belgilangan stipendiyalarga nisbatan
50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi

6.

Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qoʻshimcha toʻlov**

belgilangan stipendiyalarga nisbatan
50 foizgacha yuqori miqdorda nazarda tutiladi

7.

Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar uchun stipendiya

Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan
50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorda nazarda tutiladi

 

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining jadvalda koʻrsatilgan miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

** Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.