"Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi
"Buxgalteriya
hisobi va audit" kafedrasi mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarida
yuzaga kelayotgan muammolarga buxgalteriya asosida ilmiy yechimlar taklif
etadi. Kafedramiz buxgalteriya hisobi, audit va statistika yo‘nalishlari
bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi hamda ilmiy tadqiqotlar va
xo‘jalik shartnomalari amalga oshiriladi.
Kafedramiz
professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlarida
malaka oshirgan va yuksak ilmiy salohiyatga ega olimlar bilan hamkorlik
o‘rnatgan. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi tegishli tashkilotlar bilan yaqin
hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarimiz uchun amaliyot o‘tash
imkoniyatlari yaratilgan. Buxgalteriya hisobi, audit va statistika kabi
yo‘nalishlar davlatimizning ustuvor sohalari bo‘lib, kafedramiz mazkur
sohalardagi dolzarb muammolarni hal etishga ilmiy tadqiqotlar orqali o‘z
hissasini qo‘shadi.
Ilmiy hamkorlik va
tajriba almashishni rivojlantirish maqsadida, kafedramiz xalqaro
konferensiyalar va seminarlar tashkil etib keladi. 2024 yil iyun oyida
“Barqaror rivojlanish uchun yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil
iqtisodiyotgacha” (CONGREENTAX-2024) birinchi xalqaro ilmiy konferensiyasi
muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Konferensiya materiallari E3S Web of Conferences
jurnalida chop etildi va SCOPUS (Q3 protsentil) hamda Web of Science (CPCI)
bazalarida indekslash uchun taqdim etildi.
Shuningdek, Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bo‘yicha doktorantura dasturiga qabul jarayonlari davom etmoqda.
Hamkorlik qilishni istagan tashkilot va mutaxassislarni biz bilan bog‘lanishga taklif qilamiz. Keling, birgalikda ilmiy hamkorlikni rivojlantiraylik!
Ixtisosligi
08.00.08 -Buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil
Laboratoriyalarimiz
«Buxgalteriya hisobi axborot tizimlari» B bino, 208- o’quv xonasi. «Buxgalteriya hisobi axborot tizimlari» laboratoriyasida buxgalteriya hisobining 1C. programmasi talabalarga
o’qitiladi. Talabalar bu orqali o’z
bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.
Amalga oshirilayotgan
loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida iqtisodiyotni raqamlashtirish va samarali boshqarish
yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ham
"Raqamli iqtisoddan yashil iqtisodga o‘tish" jarayonini rivojlantirish
uchun bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan:
· Prezidentning "Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni
· Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotni raqamlashtirishga oid qarorlari
Ushbu hujjatlarda moliyaviy hisobotlarni milliy
standartlardan xalqaro standartlarga o‘tkazish ustuvor vazifalardan biri
sifatida belgilangan.
Istiqbolli rejalar doirasida xalqaro hamkorlik
shartnomalari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunga kelib, 10 dan ortiq mahalliy
va xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ularni
amaliyotga joriy etish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Ushbu shartnomalar
asosida o‘zaro ilmiy hamkorlik ishlari faol davom ettirilmoqda.
Shuningdek, dunyoning TOP-1000 talikka kiruvchi
yetakchi universitetlari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilgan. Xalqaro hamkor
universitetlar qatoriga quyidagilar kiradi:
· Myunxen Texnika Universiteti (Germaniya)
· Massachusetts University (AQSH)
· Qozon (Volgabo‘yi) Federal Universiteti (Rossiya)
· University Malaysia Terengganu (UMT, Malayziya)
· The University of Auckland (Yangi Zelandiya)
Ushbu hamkorlik doirasida ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.
Xo‘jalik shartnomalari
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida hisob siyosati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son
qaroriga muvofiq, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror:
- Xorijiy investorlar uchun zarur axborot muhitini yaratish
-O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqish
imkoniyatlarini kengaytirish
- Hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida
tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta
tashkilotlari hamda yirik soliq to‘lovchi yuridik shaxslar bosqichma-bosqich
MHXSga o‘tishi belgilandi.
Shu asosda, kafedrada “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida hisob siyosati” mavzusida xo‘jalik shartnomasi tuzilib, Universitetga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilindi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 150 million so‘m homiylik mablag‘i ajratildi.
Xalqaro Scopus maqolalar:
1.Akramova Nargiza va boshqalar DIGITAL TRANSFORMATION OF BANKS AS A WAY TO SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY(Scopus preview - Scopus - E3S Web of Conferences)https\\doi.org\10.1051\e3sconf\202340213026
2.Akramova Nargiza va boshqalar Green economy development in the Republic of Uzbekistan (Scopus preview - Scopus BIO Web of Conferences 130, 08028 (2024)) https://doi.org/10.1051/bioconf/202413008028
3.Dilfuza
Talipova va boshqalar Agrotourism in the
development of the agricultural economy of the Republic of Uzbekistan and its foreign experience(Scopus preview - Scopus E3S Web of Conferences 420,
10005 (2023) EBWFF 2023)
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202342010005
4. Azamat Tabaev, Dilfuza Talipova Closed cycle economy is an effective model of country development (Scopus preview - Scopus BIO Web of Conferences 116, 07025 (2024)) https://doi.org/10.1051/bioconf/202411607025 EBWFF 2024
5. Murodjon
Mamatkulov va boshqalar Effective Economic Model for Greenhouse Facilities (Journal
of Human, Earth, and Future Vol. 5, No. 2, June, 2024 http://www.hefjournal.org/)
6. Makhmudova
Nargiza Davlyat qizi Analysis of the Concept of Intellectual Property
Accounting Methodology( AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in
STEM Education № 2, 2024,
https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/4070)
7. Rano
Tashbaeva Enhancing Environmental Statistics Based on The System of
Environmental-Economic Accounting 2012 (SEEA) in the Republic of Uzbekistan
(E3S Web of Conferences 574, 07002 (2024) CONGREENTAX-2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457407006)
8. Mutabar J.Temirkhanova Technologies for Reducing
Biowaste in the Dairy Industry (E3S Web of Conferences 574, 07002 (2024)
CONGREENTAX-2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457405005)
9. Madinabonu J. Temirkhanova The Role of the Butterfly
Effect in Oil and Gasand Environmental Impact (E3S Web of Conferences 574,
07002 (2024) CONGREENTAX-2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404008)
10. Guzalbegim Rakhimova, Hatidje Nasirova Coverage of The ESG Agenda in Russian Companies: Metrics and Distribution Strength (E3S Web of Conferences 574, 07002 (2024) CONGREENTAX-2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404008)
11. Alisher Bakhadirov Introduction of ESG Principles in
the Insurance Market of zbekistan (E3S Web of Conferences 574, 07002 (2024)
CONGREENTAX-2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457403003)
12. Guzalbegim Rakhimova Structural Changes in CO2
Emissions in Russia: (E3S Web of Conferences 574, 07002 (2024) CONGREENTAX-2024
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457404006)
13. Hatidje
Nasirova, Abdirashid Babadjanov “Green Technologies and Innovations for
Sustainable Development”. E3S Web of Conferences 574, 02001 (2024). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457402001
14. Xodjimuxamedova
Sh. I. “ Prospektive directions of agriculturaluse of land resources of
Uzbekistan’’, ‘‘FORMATION OF PSYCHOLOGY FND PEDAGOGY AS INTERDISCISCIPLINARY
SCIENCES’’ Italiya WWW.Interonconf.org ISBN 978-955-3605-85-4. 9-15 str. 11.05.2024
15. Xodjimuxamedova
Sh.I., Arasheva S., “The use of mechanisms of public-pravate partnershipin the
formation of tnvironmental infrastructute”, The Amtrican jornal of Manajment
and Economics Innovations, Volume 06 issue 01 Januory 2024 y
16. Azamat
Tabaev, Orifjon Sattorov. Investigation
the formation of a spark discharge from a layer of deposited dust on a grounded
electrode and dependence of air purification degree on the potential electrode
voltage. E3S Web of Conferences 563, 01018 (2024) ICESTE
2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456301018
17. Xodjimuxamedova E3S Web of Conferences 574,
06001 (2024). Еcоlоgicаl Prоblеms of Public Spаcеs in a Mоdеrn Citу Cеntеr.
18. Gulnora
Pirnazarova, Jakhongir Mansurov, and Maxruya Xakimova Green Jobs in a Sustainable Labor Market:
Remote Work, Skills and Training. E3S Web of Conferences 574, 06001 (2024).
19. Makhfuza
Djurayeva Interaction and Segmentation Analysis in Green Science: A
Maximum Likelihood Approach. E3S Web of Conferences 574,
07005 (2024)https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457407005
Xalqaro hamkorlarimiz
1.
Munxen texnika universiteti
2.
Massachuset universiteti
3.
Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti
4.
University Malaysiya Terengganu (UMT)
5.
The University of Auckland, New Zealand
Mahalliy hamkorlarimiz
1.
“Turonbank” ATB
2.“O‘zmilliybank”
ATB,
3.
“Agrobank” ATB
4.
“Ipoteka-bank” ATB
5.
“Biznesni rivojlantirish banki’’ ATB
6.
“FCS EXPERTS”LLC
7.
MCHJ “BePro Norma”
8.MCHJ
“GROSSBOOK”
9.
MCHJ “QAMAR”
10.MCHJ
Central Palace
11.MCHJ
“Proxima Research”
12.
MCHJ “Embassy Burger”
13.
MCHJ “Leading Business Software”
Kafedra xodimlari

Temirxonova Mo’tabar Jurayevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Turistik mahsulotlar hisobi va tahlilning metodologik asoslarini takomillashtirish"
+998 71 2371922

Tabayev Azamat Zaripbayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Qishloq xo’jaligida agrokimyoviy xizmatlar ko’rsatishning asoslarini takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliyaviy hisob va hisobot
+998 71 237-1922

Tashbayeva Raʼno Gaybullayevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: «Intellektual agentlar negizida axborotni qayta ishlash tizimlarini loyihalashtirish».
Dars beradigan fan: Statistika nazariyasi, Ijtimoiy-iqtisodiy statistika, Xalqaro statistika.
+998 907888312

Xodjimuxamedova Shoxida Ibragimovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "O’zbekiston Respublikasida fermer xo’jaliklari faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari"
Dars beradigan fan: Moliya, soliq va soliqqa tortish
+99871-237-19-22

Tolipova Dilfuza Nabiyevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini shakllantirish"
Dars beradigan fan: Iqtisodiy tahlil, audit
+99871-237-19-22

Akramova Nargiza Axrarovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Suv xo’jaligi tashkilotlarida hujjatlar aylanishi va buxgalteriyada ish yuritishni takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Iqtisodiy tahlil, audit
+99871-237-19-22

Toshxodjayeva Gulnoza Saydamxodjayevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Soya o’simligini yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Moliya, soliq va soliqqa tortish
+99871-237-19-22

Maxmudova Nargiza Davlyat qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi:"Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda intellectual mulk ob’yektlari hisobi va tahlilini takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Statistika nazariyasi, Ijtimoiy-iqtisodiy statistika
+99871-237-19-22

Shodiyev Erkin Temirovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Yashil buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilni takomillashtirish metodologiyasi"
Dars beradigan fan: Moliya, boshqaruv hisobi
+99871-237-19-22

Po`latova Madina Beysenovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Moliyaviy hisob va hisobot, audit
+99871-237-19-22

Hakimova Sevara Rustam qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Soya o’simligini yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish"
Dars beradigan fan: Moliya, soliq va soliqqa tortish
+99871-237-19-22

Asfandiyorova Shakina Rustam qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Korxonalarda riskka asoslangan ichki audit o’tkazishni takomillashtirish"
+998 90 812 63 73

Bobonarova Kamola O’ktamjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi:"O’zbekistonda auditorlik firmalari ichki standartlarini takomillashtirish"
+998 90 316 89 01

Pirnazarova Gulnora
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi:"Xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarida xarajatlar hisobi va ichki auditni takomillashtirish "
+998 90 960 81 98

Norkobilov Alisher Gayratovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Korporativ boshqaruv tizimida ichki audit xizmatini takomillashtirish"
+99890-918-14-58
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(Magistratura) | Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi
xodimlari bo‘lib yetishadigan magistrlar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda
buxgalteriya hisobini yuritish, xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini,
korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobga olishni yaxshilashda xalqaro andozalar
to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilishdan iborat |
2 | Moliyaviy hisobot auditi(Magistratura) | “Moliyaviy hisobot audit” fanini o‘qitishning maqsadi
– kelajakda yuqori malakali buxgalter va auditor xodimlari bo‘lib yetishadigan magistrlar
uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning nazariy va ilmiy jihatdan o‘rganish,
audit xizmatlaridan korxonalarning samarali foydalanishi, auditning o‘ziga xos xususiyatlari
va mezonlari to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat |
3 | Iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy holati tahlili(Magistratura) | Bu fanni
o‘qitilishidan maqsad bo‘lg‘usi ish joylarida turli xil axborot manbalaridan foydalanib
korxonalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tushunish va boshqaruvni to‘g‘ri
qarorlarni qabul qilishdan iborat |
4 | Xalqaro ichki audit standartlari(Magistratura) | Fanning
asosiy maqsadi talabalarga ichki auditga tizimli yondashish, tashkilotlarda ichki
audit usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari: - ichki auditning konseptual asoslarini o‘rganish; - ichki auditning
professional standartlarini o‘rganish va qo‘llash; - auditorlik sub’ektlari faoliyatining
asosiy sikllari (biznes-jarayonlari)ning ichki auditi usullarini o‘rgatish; - auditorlik
dalillarini to‘plash va baholash bo‘yicha audit tartib-qoidalarini shakllantirish
va qo‘llash, ulardan ichki audit sohasida tizimli amaliy foydalanish ko‘nikmalarini
o‘rgatish; - ichki audit natijalarini monitoring qilish ko‘nikmalarini shakllantirish |
5 | Banklarda buxgalteriya hisobi(Magistratura) | anklarda
buxgalteriya hisobi fanining maqsadi – pul muomalasini tashkil topishini, pul islohatlarini
o‘tkazilishi, pul tizimini takomillashtirilishi, milliy valyutani barqarorligini
ta’minlash shartlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari,
banklarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish bosqichlari, O’zbekistonda bank
tizimini shakllanishi va barqarorligini ta’minlashni o‘rgatishdan iboratdir |
6 | Moliyaviy hisob(Magistratura) | Moliyaviy
hisob fani o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi: pul mablag‘larini
hisobga olish; korxona tovar-moddiy zaxiralarini hisobgp olish; moliyaviy hisobot
va uni taqdim etish tartibi |
7 | Buxgalteriya hisobi va audit | Bu
fanni o‘qitilishidan maqsad bo‘lg‘usi ish joylarda turli xil axborot
manbalaridan foydalanib korxonalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida
tushunish boshqaruvni to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish va auditni to‘g‘ri
o‘tkazishdan iboratdir |
8 | Byudjet hisobi | Fanni
o‘qitishning maqsadi – talabalarda moliya organlari, g‘aznachilik va xududiy
bo‘linmalarida Davlat byudjetining kassa ijrosi hisobi hamda byudjet tashkilotlarida
smetalar ijrosi hisobi bo‘yicha nazariy - amaliy bilimlarni shakllantirishdan
iborat |
9 | Biznes huquqi | Fanni
o‘qitishning maqsadi –talabalarga huquqiy muhit va biznesni belgilaydigan,
rag'batlantiradigan va cheklovchi tartibga soluvchi nazorat o'rtasidagi
bog'liqlikni aniqlash qobiliyatini berish uchun mo'ljallangan. Ushbu kursning
maqsadi tanqidiy fikrlash qobiliyatingizni kengaytirish va qonun va biznes
etikasi bo'yicha chiziqlarni chizishga imkon berishdir. |
10 | Bank ishi | Bank ishi fanining maqsadi – pul muomalasini tashkil
topishini, pul islohatlarini o‘tkazilishi, pul tizimini takomillashtirilishi,
milliy valyutani barqarorligini ta’minlash shvrtlari, bozor iqtisodiyoti
sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari, banklarning vujudga kelishi
va ularning rivojlanish bosqichlari, O‘zbekistonda bank tizimini shakllanishi
va barqarorligini ta’minlashni o‘rgatishdan iboratdir |
11 | Buxgalteriya hisobi axborot tizimlari | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan 1C va 1UZ
dasturini chuqurroq o‘rgqnishi muhim axamiyatga egadir. Ushbu fan talabalarga
“Buxgalterga elektron madad” dasturining xususiyatlarini ham o‘rganish imkonini
beradi |
12 | Boshqaruv hisobi | Boshqaruv hisobi fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi
xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish, korxona xarajatlari, xo‘jalik
mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini, korxonalarning moliyaviy
natijalarini hisobga olishni yaxshilashda xalqaro andozalar to‘g‘risida
ko‘nikma hosil qilishdan iborat |
13 | Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari | Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari fanining maqsadi – kelgusida
yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish, xo‘jalik
mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini, korxonalarning moliyaviy
natijalarini hisobg olishni yaxshilashda xalqaro andozalar to‘g‘risida ko‘nikma
hosil qilishdan iborat |
14 | Audit | “Audit asoslari” fanini o‘qitishning maqsadi – kelajakda yuqori malakali
buxgalter va auditor xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor
iqtisodiyoti sharoitida auditning nazariy va ilmiy jihatdan o‘rganish, audit
xizmatlaridan korxonalarning samarali foydalanishi, auditning o‘ziga xos
xususiyatlari va mezonlari to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |
15 | Buxgalteriya hisobi | Fanni o‘qitishning maqsadi talabalarga korxonalarda buxgalteriya xisobi
nazariyasi bo‘yicha nazariy bilimlarni xosil qilish va ularni amaliyotga
qo‘llashga o‘rgatishdan iborat |
16 | Moliya | Moliya
va soliqlar fanining maqsadi – talabalarda moliya, pul-kredit, bank
munosabatlarini, soliqlarning turlari bo‘yicha yo‘nalishlariga mos bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. |
17 | Iqtisodiy tahlili | Bu fanni o‘qitilishidan maqsad bo‘lg‘usi ish joylarida turli xil axborot
manbalaridan foydalanib korxonalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida
tushunish va boshqaruvni to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishdan iborat |
18 | Buxgalteriya hisobi nazariyasi | Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining maqsadi – kelgusida yuqori
malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini nazariy jixatidan
o‘rganish, korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish shakllari,
xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini,
korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobga olishni yaxshilashda xalqaro
andozalar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilishdan iborat |
19 | Statistika | Statistika fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari
bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik
ma’lumotlarni yig‘ish, jamlash, tahlil qilish, ularning aniqligiga ishonch
hosil qilish to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat |
20 | Suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobi | Fanning vazifasi talablarga suv xo‘jaligi tashkilotlarining
xususiyatidan kelib chiqib, byudjet muassasasi bo‘lgan suv xo‘jaligi
ekspluatatsion tashkilotlari va qisman nodavlat notijorat tashkilot hisoblangan
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish
tartibi, hamda suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro
andozalari asosida yuritishni o‘rgatishdan iborat |
21 | Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari | Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari fanini
o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali buxgalterlar bo‘lib
yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy
buxgalteriya hisobini yuritish, xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish, xo‘jalik
muomilalarini xujjatlarda aks ettirish va xisobotlarni taqdim etish tartibi
to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |
22 | Moliyaviy hisobot | Moliyaviy hisobot fani o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi
vazifalarni qo‘yadi: korxona asosiy vositalarini hisobga olish; moliyaviy
hisobot va uni taqdim etilish tartibi |
23 | Sug‘urta ishi | Fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib
yetishadigan talabalar uchun sug‘urtaning shakllanish tarixini, sug‘urtani
guruxlash, respublikadagi davlat va xususiy sug‘urta kompaniyalarini
boshqarishni, sug‘urta bozorini bugungi holatini, sug‘urta muassasalarining
moliyaviy asoslarini hamda O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish
to‘g‘risida bilim berishdan iborat |
24 | Moliyaviy menejment | Fanning asosiy vazifasi korxona va tashkilotlarning faoliyat sohasini va
maqsadini aniqlash, bu maqsadlarga erishishga qaratilgan moliyaviy strategik va
taktik rejalarni ishlab chiqish, hamda uni amalga oshirish,
raqobatbardoshligini oshirish, faoliyat natijalariga baho berish yo‘llarini
bo‘lajak mutaxassislarga tushuntirishdan iborat. |
25 | Moliyaviy hisob va hisobot | Moliyaviy
hisob va hisobot fani o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi
vazifalarni qo‘yadi: pul mablag‘larini hisobga olish; korxona tovar-moddiy
zaxiralarini hisobgp olish; moliyaviy hisobot va uni taqdim etilish tartibi |
26 | Soliqlar va soliqqa tortish | Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali buxgalter-iqtisodchi xodimlar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar soliqqa tortish usullarini, iqtisodiyotni boshkarish va soliq yukini pasaytirish yo‘llarini, soliqlarni hisoblashni va byudjetga o‘tkazishni o‘rganish va ko‘nikma hosil qilish. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://em.tiiame.uz/en/page/buxgalteriya-hisobi-va-audit
Kafedra mudiri: Temirxonova Mo’tabar Jurayevna
Qabul kunlari: None