Hujjat yuborish
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD),
mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim
etadilar:
1.
Ariza.
2.
Qisqacha
biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha
shaklda).
3.
Mehnat
daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan
talabgorlar uchun).
4.
Oliy
taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi
(tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha)
toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5.
Nashr
etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta
maqola va 2 ta tezis).
6.
Ish
joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
7.
Pasport
nusxasi.
8.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
9.
Til
bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi
(http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik
doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar
1.
Ariza.
2.
Qisqacha
biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha
shaklda).
3.
Mehnat
daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan
talabgorlar uchun).
4.
Oliy
ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga
tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
5. Tadqiqot
mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
6.
Nashr
etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta
maqola va 2 ta tezis).
7.
Ish
joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
8.
Pasport
nusxasi.
9.
Ilmiy
yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat
nusxasi)
10. Til
bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi
(http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Hurmatli, foydalanuvchilar !
Mazkur sahifamizda Oliy ta’limdan keyingi ta’limni
muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimidan foydalanishga doir ma’lumotlar
va qoʻllanmalar joylashtirilgan. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga
hujjat topshiruvchi talabgorlar uchun Qo'llanma, Video qoʼllanma, OneId
tizimida ro'yxatdan o'tish uchun Video qoʼllanma