Ekofaol talabalar
SUVCHI ekologiyani muhofaza qilishning asosiy omili mahalliy hamjamiyat bilan muloqot deb hisoblaydi va Yer kunining mazmun-mohiyatini fuqarolar hamda talabalar orasida targ‘ib qilish maqsadida turli ishtirokchi dasturlarni tashkil etdi.

Talabalar bilan birga yashil muhit sari qadam
Ekologiya va huquq fakulteti “Eko_jamoa” va ekofaol talabalar bilan fakultet atrofida archa ko‘chatlarini ekishdi. Archa ko‘chatlarining ekilishi nafaqat hududning ko‘rkamligini oshiradi, balki havoni tozalash, tuproqni mustahkamlash va ekologik muhitni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur tadbir Ekologiya va huquq fakulteti talabalarining ekologik ongini oshirish, atrof-muhitni asrash va yashil makonni kengaytirishga qo‘shgan muhim hissasidir. Bu kabi tashabbuslar kelajak avlod uchun sog‘lom va toza muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.
