TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

«Zakovat» intellektual o’yini

2024 yil 26-aprelda “Yer resurslari va kadastr” fakultetida talaba qizlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi.   

«Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yildagi PQ-96-sonli  qaroriga binoan chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan edi. Ushbu dasturda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o’yinlarga keng jalb qilish, ushbu o’yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish ta’kidlab o’tilgan.

Ushbu tashkil qilingan o’yinga 4 ta jamoa qatnashdi.

O’yin qoidalariga ko’ra, birinchi turda barcha jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar ballari to’g’ri berilgan javoblarga ko’ra hisoblab chiqildi. O’yin ochiq va shaffof o’tkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi. Ishtirokchilarga xar bir savol uchun 1 daqiqadan vaqt ajratildi.  O’yin yakunida xamma ballar sanab chiqilib,  yuqori ko’rsatgichga erishgan jamoalar tanlab olindi.

O’yin natijalariga ko’ra “1-guruh  “Atom” jamoasi 1-o’rinni, 2-guruh “Maftunkor”  va 3-guruh  “Pozitiv ” jamoasi  2-o’rinni , 4-guruh  “Yaxshi niyat” jamoasi 3-o’rinni egallashdi.

O’yini tashkillashtirishda yordam bergan X.Eshova va M.Turg’unovalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati