TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

Yevropadagi ta'lim, tadqiqot va innovatsiyalar sizni kutmoqda

Yurtimizda yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, bu borada dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganib uni respublikamizda qollash o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 18-aprel sanasida ayni damda Slovakiya davlatida malaka oshirayotgan universitet professor-o’qituvchilari hamda ta’lim olayotgan universitetimiz talabalari zoom platformasi orqali online uchrashuv tashkil etildi.  “Yevropadagi ta'lim, tadqiqot va innovatsiyalar sizni kutmoqda” mavzusidagi mazkur online uchrashuvda “Gidromelioratsiya” va “Ekologiya va huquq” fakultetlari bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Online vеbinar avvalida “Ekologiya va huquq” fakultetlari dekani, ayni damda Slovakiya davlatida “Horizon 2020” loyihasi ishtirokchisi H.Pirmatov qatnashchilarga xorijiy OTMlarga parofessor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo`shma ilmiy tadqiqotlar olib borishlari, stajirovkalar hamda  Erazmus+ dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Slovakiya davlatining “NSP - National Scholarship Programme” ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan “Gidromelioratsiya” fakulteti talabasi H.Shamsiddinov bu grantda qatnashish tartib qoidalari, talab etiladigan hujjatlar to‘plami va uning avzalliklarini vibenar ishtirokchilariga tanishtirdi. Online vibenar qizg‘in savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.

GM fakulteti dekan o‘rinboari S.Melikuziyev axboroti

Universitet matbuot xizmati