TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani va kafedra mudirlari bilan 2024 yilning birinchi choragi uchun “Reyting 2024” rejasining kafedralar bo‘yicha bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani va kafedra mudirlari bilan 2024 yilning birinchi choragi uchun “Reyting 2024” rejasining kafedralar bo‘yicha bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan nashrlar natijalarini tanqidiy tahlil qilishga qaratildi. Ushbu tahlil Scopus va WoS kabi nufuzli akademik ma’lumotlar bazalarida chop etilgan maqolalar sonini shuningdek, har bir professor-o‘qituvchilarning yuqori impakt faktor ega Q1 va Q2 kvartilli jurnallaridagi nashrlar taqsimotini o‘rganib chiqildi.

Xalqaro anjumanlar nufuzi va saviyasini oshirish, xorijiy ekspert va ishtirokchilarni ko‘proq jalb qilish, Q1 va Q2 yetarli maqola nashr qilganlarni ilmiy daraja va unvonlarga tavsiya etish kabi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv so‘ngida "Sizlar mehr va qat’iyat bilan o‘z ustingizda ishlasangiz, har bir o‘qituvchi-professorni o‘z navbatida rag‘batlantirish esa bizdan" - deya ta’kidladi universitet rektori Mirzaev Baxodir Suyunovich.