E'lonlar

01.02.2024

Xurmatli universitet “Qizlarjon” klubi a’zolari hamda talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar!

Sizlarni 1-fevraldan 28 fevralga qadar “KITOBXON-QIZ” tanloviga taklif qilamiz.

Tanlov maqsadi: Talabalarni dunyoni anglab olishiga ko‘mak berish, shu bilan birga  ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijobiy xarakterini tarkib toptirish,  hayot va  turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.

Tanlov talablari:

1."Men Malalaman" Malala Yusufzoy asari

2. "Ikki eshik orasida" O'tkir Hoshimov asari

3. "Imomning maneken qizi " Omina Shenlikӯg‘li asarlarini o‘qib o‘rganib chiqqanidan so‘ng, tanlovga ishtirok etishga tayyor qizlarni tanlov jarayonida savol-javob qilinishi natijasida g‘oliblar aniqlanadi.

G‘olib bo‘lgan talaba-qizlarga hamda fakultet dekan maslahatchisiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  Faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash 2024-yil 29-fevral kuni o‘tkaziladi. Barcha zukko talaba-qizlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Tanlov faqat ZOOM orqali o‘tkaziladi.

Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi Murojaat uchun:  +998 90-901-36-76