TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

“Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi” Susland-2024 xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Kadastr agentligi, Vengriyaning Obuda universiteti hamkorligida 22 aprel “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi” Susland-2024 xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya kun tartibida yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimlari, geoinnovatsion texnologiyalarni qo‘llash va atrof-muhit va suv resurslarini barqaror boshqarishda kadastr tizimiga bag‘ishlangan ilmiy muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, Yer resurslari va kadastr fakultetining bitiruvchi talabalari uchun “Kareralar kuni” o‘tkazildi. Bitiruvchi kurs talabalari o‘z sohalari bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ularning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir natijasida 30 dan ortiq bitiruvchi talabalar ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomlarga erishdilar hamda “Kadastr tizimiga imtiyozli ishga kirish imkoniyatini beradigan vaucher” lar bilan taqdirlandilar.