TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

  Xalqaro sanoat ko'rgazmasi

Joriy yilning 24-aprel sanasida “Energetika” fakulteti tyutori D.Xudoynazarova boshchiligida  faol talabalar bilan birgalikda 22-24 - aprel kunlari Xalqaro sanoat “INNOPROM  Markaziy Osiyo” to‘rtinchi bor tashkil qilingan ko‘rgazmaga tashrif buyurildi.
Ko‘rgazmada  O‘zbekiston Respublikasini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining jamoaviy stendi namoyish etildi, unda yirik kompaniyalar va sanoat loyihalari namoyish etiladi. Ular orasida ishtirokchi korxonalar: AGMK, NKMK, “O‘zavtosanoat”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zeltexsanoat” va boshqalar bor.
Tadbirda investitsiyalar, energetika, sanoat, iqtisod, sog‘liqni saqlash sohalaridagi boshqarma va kompaniyalar faol ishtirok etmoqda.

Rossiya ekspozitsiyasida sanoat yangiliklari namoyish etilayotgan Rossiya Sanoat va savdo vazirligining innovatsion sanoat loyihalari taqdim etildi: Metalloinvest, Gazprombank, Zamonaviy transport texnologiyalari, Rosatom davlat korporatsiyasi, Rostex davlat korporatsiyasi va boshqalar.

Tadbirda an’anaviy tarzda Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston kabi davlatlar delegatsiyalari ishtirok etadi. Bu yil birinchi marta Xitoydan ko'rgazma ishtirokchilari bo'ldi. Ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligidir. Talaba yoshlar ko‘rgazmada hozirgi kundagi zamonaviy energetika tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati