TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok

Mehnat bozoriga yuqori bilim va malaka ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashda Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiya muhim omillardan hisoblanadi.

Joriy yilning 24 - aprelida “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o‘rinbosari S.Melikuziyev, assistent SH.Norchayev, tyutor G.Axmedjanova va bir guruh iqtidorli talabalari poytaxtimizda joylashgan uz ekspo markazda “INNOPROM. Central Asia” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Bunday ko‘rgazmalar natijasida talabalar oliy ta’lim muassasalarida nazariy jihatdan olgan bilimlarini turli  sohadagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish, foudalanish, ularni boshqarish bo‘yicha korxonalar mutaxassislaridan ma’lumotlar olishdi.

Universitet matbuot xizmati