TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

USTOZNI QUTLAB

Bugun 25-aprel “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti  “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi o’qituvchisi, texnika fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Nail Kayumovich 77 yoshni qarshi oldilar. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

Yuqori intellektli, vatanparvar va yurtimiz rivojiga o’z hissasini qo’sha oladigan yetuk soha mutaxassislarni tayyorlashdek sharafli kasblarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Ustoz tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin! Doimo sog‘u salomat bo‘ling!

Universitet matbuot xizmati