TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2024

Universitetimizga Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti dastur rahbari Matthew Griffiths va Koreyaning “SyungKyun” Universiteti bir guruh vakillari tashrif buyurdilar

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti dastur rahbari Matthew Griffiths, Koreyaning “SyungKyun” Universiteti Aqlli suv resurslarini boshqarish instituti direktori “SyungKyun”, K-Water tashkilotining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Jaejin Hanlar tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan suv resurslarini boshqarish sohasida islohotlar, e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda yaqin va uzoq kelajakda rivojlantirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassalari o‘rtasida hamkorlik rishtalarini yanada o‘stirish takliflari ko‘rib chiqildi. Sohaga oid yangi loyihalarni O‘zbekiston mintaqasida olib borish va xalqaro dasturlarga yosh olimlarni jalb etish takliflari berib o‘tildi.