E'lonlar

22.11.2023

Universitetimizda mukofot jamg‘armasi 9 milliondan yuqori bo‘lgan tanlov e’lon qilindi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan talabalar o'rtasida tanlov e’lon qiladi!

G‘oliblar har bir nominatsiya bo‘yicha quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1️- o‘rin — 1 500 000 so‘m

2️-o‘rin — 1 000 000 so‘m

3️-o‘rin — 500 000 so‘m

Tanlovda ishtirok eting va pul mukofotini qo‘lga kiriting!

Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:

- Davomiyligi 2 dan 3 daqiqagacha(hajmi 50 MBgacha);

-Videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtiroki shart.

-Videorolikni suratga olish vа montaj jarayonida maxsus dastur vа uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi.

- Videorolik janri (reportaj, videoklip, animatsion syujet vа boshqalar)ni ishtirokchining o‘zi belgilaydi.

- videoroliklar https://t.me/TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot telegram botiga 2023-yil 28-noyabr soat 13:00 gacha yuboriladi.
 

Insholar tanlovini o‘tkazish tartibi:

Universitetning 1-ma’ruzalar zalida 2023 yil 27 noyabr kuni soat 11:30  dan 12:50 gacha o‘tkaziladi.

Tanlov bo‘yicha konsultatsiya 2023 yil 23 noyabr 13:30  dan 14:20 gacha B bino 215-xonada o‘tkaziladi.

Rasm tanlovini o‘tkazish tartibi

Rasmlar 2023 yil 28 noyabr kuni soat 13:00 gacha “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi B-402 xonada qabul qilinadi.

Rasm formati A1, A2 va A3.

Tanlovda universitetimizning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin.

Murojaat uchun tel: +998 93-572-50-69

Tanlov bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa +998 90-920-55-74 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.