TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

Universitetimizda mehmon bo‘lib turgan Dr Elizabeth Korzhova hamda Dr Dmitriy Lopatin ishtirokida navbatdagi master klass bo‘lib o‘tdi

AQSHning Wyoming Universiteti misolida Amerikada o‘qish, grantlarda qatnashish va ilmiy tadqiqot yuzasidan ishlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qiziqarli uchrashuvda "Iqtisod" kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Turizm yo‘nalishi 107-105-2023 guruh talabalari  qatnashdilar.

Davra suhbati davomida talabalar Speaker Elizabeth Korzhovaning shaxsiy tajribalari, ilmiy ishlari hamda ishlanmalari, Wyoming universitetida ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, til baryerlarini yo‘qotish uchun kerakli bo‘lgan usullar, shuningdek, grantlarda qatnashishda ilmiy rahbar va guruh a’zolarini tanlash, arizalarni diqqat bilan to‘ldirish lozimligi kabi maslahatlar ishtirokchilar uchun ham qiziqarli va foydali bo‘ldi.