TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

Universitetimiz rektori Bahodir Mirzaev Universitetning transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha rektor maslahatchisi Peter McCann /Canadian/ hamda talaba va xodimlar murojaatini tinglab, ochiq va erkin formatda uchrashuv o‘tkazdi

Bugun 18 aprel “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev Universitetning transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha rektor maslahatchisi Peter McCann /Canadian/ hamda talaba va xodimlar murojaatini tinglab, ochiq va erkin formatda uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Peter McCann bilan Universitet faoliyatini transformatsiya qilish va yaqin kelajakdagi rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Kanadaning Ivey & Western University professorlari ishtirokida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 26 apreldan 8 maygacha ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar trening tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda talaba va xodimlar faoliyatga oid masalalar individual tarzda suhbat, murojaat va takliflar o‘rganildi, kerakli maslahat, yordam hamda ko‘nikmalarni bevosita rektorning o‘zidan olish imkoniyati yaratildi. Uchrashuv iliq suhbat shaklida bo‘lib o‘tdi va hamma o‘ziga kerakli bo‘lgan tavsiyalarni olishga muvaffaq bo‘ldi.