TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

Universitetimiz rektori Bahodir Mirzaev “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani va kafedra mudirlari bilan 2024 yilning birinchi choragi uchun “Reyting 2024” rejasining kafedralar bo‘yicha bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani va kafedra mudirlari bilan 2024 yilning birinchi choragi uchun “Reyting 2024” rejasining kafedralar bo‘yicha bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan nashrlar natijalarini tanqidiy tahlil qilishga qaratildi. Ushbu tahlil Scopus va WoS kabi nufuzli akademik ma’lumotlar bazalarida chop etilgan maqolalar sonini shuningdek, har bir professor-o‘qituvchilarning yuqori impakt faktor ega Q1 va Q2 kvartilli jurnallaridagi nashrlar taqsimotini o‘rganib chiqildi. 

Xalqaro anjumanlar nufuzi va saviyasini oshirish, xorijiy ekspert va ishtirokchilarni ko‘proq jalb qilish, Q1 va Q2 yetarli maqola nashr qilganlarni ilmiy daraja va unvonlarga tavsiya etish kabi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Ushbu fakultet tashkil etilganiga va tizimlar yangilanganiga ko‘p bo‘lamagan bo‘lsada, fakultet va kafedradagi kuchli mutaxasisslar orqali oz muddatda katta natijalarga erishib, universitetning nufuziga o‘z xissangizni qo‘shishingizga men albatta ishonaman" - deb ishonch bildirdi universitet rektori Mirzaev Baxodir Suyunovich.