E'lonlar

26.04.2024

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, magistrlar va talabalar diqqatiga!!!

Joriy yil 27-aprel kuni soat 17:30da universitet madaniyat saroyida chet el oliy o‘quv yurtlarida o‘qish istagi bor, o‘qish davrida chet elga bormoqchi, qisqa muddatli stajirovka o‘tamoqchi bo‘lgan va o‘qishning keyingi bosqichini chet elda davom ettirmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, magistrlar va talabalar uchun maxsus tadbir tashkil etish rejalashtirilgan. Tadbirda chet elda o‘qish, ishlash yoki stajirovka o‘tash tartib va talablari hamda boshqa kerakli ma'lumotlar beriladi.

Shu munosabat bilan chet elga borish istagida bo‘lganlar quyidagi link (https://forms.yandex.ru/cloud/65c082c9c769f15339724fb5/) orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-aprel kuni soat 17:30da universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etishlaringizni so‘raymiz.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.yandex.ru/cloud/65c082c9c769f15339724fb5/