TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

“Turonbank o‘quv xonasida seminar”

2024 yil 20 aprel kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turonbank” ATB Loyihalarni boshqarish ofisi rahbari Fagani Ismoilov tomonidan “Contact Center” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda Respublikamizdagi Bank tizimida joriy etilayotgan “Contact Center” dasturining xususiyatlari, uning hozirda amalda mavjud “Call Center” dan farqlari, vazifalari, “Contact Center” ni paydo bo‘lish tarixi, shuningdek, “Contact Center”ni vazifalari, uning mohiyati haqida, shuningdek, “Contact Center” va “Call Center” farqlari va funksiyalari, “Contact Center” dasturini tuzilishi va vazifalari, afzalliklari, bank tizimida bu yangi dasturni qulayliklari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati