TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

Ttjda "English speaking training" o'tkazildi

"TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish chora - tadbirlari ishlab chiqilgan bo'lib,  jumladan, kuni kecha kafedra o’qituvchilari D.Usmonova va D.Teshayeva boshchiligida 3-sonli talabalar turar joyida "English Speaking Training" o'tkazildi. Ustozlar tomonidan qanday qilib ingliz tilida og’zaki nutqni rivojlantirish haqida qisqacha ko’rsatma berilgandan so’ng talabalar turlicha qiziqarli shartlarni ingliz tilida bajarishdi. Bu kabi mashg’ulotlarning tashkil etilishi, shubhasiz, yoshlarning til o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini oshiradi.

Universitet matbuot xizmati