TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

Tozalik sog‘lik tayanchi

Bugun “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli  3- talabalar turar joyida tozalik kunini yotoqxona tarbiyachi pedagogi Ziroat opa bilan birgalikda  o‘tkazdik. Qavatlar oshxonalari ko‘zdan kechirildi. Xolodilniklar va elektr plitalar tozaligi tekshirildi. Kirxonalar xam nazarimizdan chetda qolmadi. Xonalar ham tekshirilib talaba-yoshlarga kerakli maslahatlar berildi. YOtoqxona tarbiyachi-pedagoglari, komendantlari bilan birgalikda olib borilayotgan harakatlarimiz natijasida talaba-yoshlar ham yotoqxonaga o‘z uyi kabi mehr berishlari maqsadga muvofiqdir.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati