E'lonlar

25.03.2024

"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti hodimlari, professor-o'qituvchilari va  talabalari diqqatiga

Bugun, 25- mart sanasida  "Sayyoramiz soati" aksiyasi bo'lib o'tadi. 

Unda  13:00 dan  14:00  ga qadar universitet hududidagi barcha bino va inshootlardagi barcha elektr toklari (chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va  isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi) orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzgan holda bir soat muddatga ko'chaga chiqib, toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi.

Har yili ma'lum kunda xalqaro miqyosda o'tkazilib kelinayotgan "Yer vaqti (Earth Hour)" aksiyasida faol ishtirok eting.

"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati: