TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

“TIQXMMI” Millliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev universitetning 3 bosqich doktorant tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun 24 aprel “TIQXMMI” Millliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev universitetning 3 bosqich doktorant tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tadqiqotchilarning 3 yillik qilgan izlanishlari, olib borgan ilmiy tadqiqotlarining qisqa xulosalari, o‘quv davrida bo‘lgan qiziqarli voqealar va yuzaga kelgan kamchiliklar haqida suhbat bordi.

“Ushbu yil 58 ta doktorant bitirayortgan bo‘lsa, bu degani respublikamizga 58 ta yangi ixtiro taqdim etiladi va u o‘zining kerakli xissasini qo‘shadi degani” deydi rektor suhbat davomida. Doktorantlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflariga to‘g‘ridan to‘g‘ri rektorning o‘zidan javob olishdi. Shuningdek, har bir tadqiqotchi o‘z ustida tinimsiz, individual va ilmiy rahbari bilan uzluksiz barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda ilm qilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Loyihalar uchun patent olish, xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etish va Scopus bazasida maqolalar chop etishni, ingliz va chet tillarini mukammal o‘rganish kabi vazifalar belgilab berildi. “Bugundan boshlab qanchalik qiyin va og‘ir bo‘lmasin oldingizdagi vazifalarni aniq yechim va izlanishlar bilan, ushbu yil siz barchalaringiz o‘z mutaxassislik sohalaringizda katta natija ko‘rsatib va uni himoya qilishingiz kerak bo‘ladi.

Sababi, sizlar universitetni ilmiy tadqiqotlarini rivojlantiruvchi kelajagisizlar. Biz universitet rahbariyati sizlardan yuqori natijalar kutamiz va bunga ishonch bildiramiz” – deya uchrashuvni yakunladi rektor Mirzaev Baxodir Suyunovich.