TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisining maslahatchisi Van Szivey va birinchi kotib Yan Syanjen bilan uchrashuv o‘tkazdi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisining maslahatchisi Van Szivey va birinchi kotib Yan Syanjen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida so‘ngi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalar, xusasan qishloq xo‘jaligi, energetika, oliy ta’lim, irrigatsiya va suv xo‘jaligi yo‘nalishlari sezilarli darajada rivojlanayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Talabalarning kredit mobillik almashinuvini yanada katta pog‘onaga olib chiqish, yozgi maktablar tashkil etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish to‘g‘risida takliflar ko‘rib chiqildi.

“Xitoy Xalq Respublikasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining eng yaqin hamkor davlati. Xalqaro loyihalar, professor-o‘qituvchilar tomonidan yozilayotgan ilmiy maqolalar va universitetda tashkil etilgan bir qator o‘quv-amaliyot labaratoriyalar  buning yaqqol namunasi” – deydi universitet rektori Baxodir Mirzaev.