TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Universitetimiz rektori Bahodir Mirzaev Ozarbayjon Respublikasining Western Caspian universiteti vakillari bilan uchrashdi

Unda universitet rektori tomonidan universitet hayoti, ta’lim jarayoni, olib borilayotgan tadqiqot ishlari  va universitetning xalqaro reytingdagi natijalari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston – Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi, energetika va IT yo‘nalishida birgalikda loyihalar tashkil etish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarurligi rektor tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Ilk hamkorlik qadamlarini qo‘yish maqsadida joriy yilning may oyida soha bo‘yicha xalqaro konferensiya dasturi, yo‘l xaritasini shakllantirib va uni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu esa ikki mamlakat ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi-professorlarning ilmiy salohiyatini oshirish, soha kamchiliklariga yechim topish va innovatsion loyihalarni hamkorlikda tashkil etish uchun xizmat qiladi.