TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Talabalarni qiziqtirgan uchrashuv

Talabalar bilan o‘z kasbining fidoiy olimlari, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish, fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortirish maqsadida, Joriy yilning 22 -aprel sanasida “TIQXMMI” MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining  “Professional ta’lim” yo‘nalishi 2 -bosqich 212-guruh  talabalari uchun G-212 auditoriyada soat 10.30 da “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” fanidan mahorat darsi  tashkil etildi. Mahorat darsiga  Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali Komi ilmiy markazining Biologiya fanlari doktori professor Pastuxov Aleksandr Valerievich tashrif buyurdi va u tomonidan (Почвы Большеземельская тундра)  Bolshezemelskaya tundra tuproqlari mavzuda qiziqarli ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza tugagandan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va kerakli ma’lumotlarni oldilar. Mahorat darsida juda ham chiroyli o‘tdi va bu ma’ruzada talabalardan Qarshiev Samandar, Ortiqboeva Sevinchlar faol ishtirok etib, bir qancha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. O‘tkazilgan mahorat darsida talabalar juda ham xursand bo‘lishdi va bundan keyin ham bunday uchrashuvlar yanada ko‘proq bo‘lishini so‘rab qolishdi. 

 “Gidromelioratsiya” fakulteti  O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini A.Qoraboyev  axboroti

Universitet matbuot xizmati