E'lonlar

17.04.2024

Talabalar_diqqatiga !!!

2024-yil 19 aprel kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Safar Olloyor universitetga tashrif buyuradi.

Tashrif davomida rejalashtirilgan:

  • universitetga biriktirilgan 64-maktab jamoasi va iste'dodli yoshlari  bilan uchrashuv. Soat 9.00da
  • Universitet ARMda she'riyatga qiziquvchi talabalar bilan uchrashuv. Soat 11.00da
  • TTJda kechqurun gulxan atrofida mushoira va bahru bayt. Soat 19.00dan.

Adib qalamiga mansub asarlar:

  1. Safar Olloyor. Ko'zgusiz go'zal (https://drive.google.com/file/d/1JMtjztML0T8cY2h62d5w1iajajSSh1gG/view?usp=drive_link)
  2. Safar Olloyor. Qalb saltanati. (https://drive.google.com/file/d/1K2zmO2R7sB-m8h6sHKthxTZ3IZD_ytuG/view?usp=drive_link) 1-jild.
  3. Safar Olloyor. Odam va omad. (https://drive.google.com/file/d/11Y6lTX0_MBiIu-IcfFEXDzpac4LsgYdo/view?usp=drive_link)
  4. Safar Olloyor. Qalb saltanati. 2-jild. (https://drive.google.com/file/d/1PA22XylSeGdwD_MiuqnCNulOgX3Tobac/view?usp=drive_link)

      Adibning universitetdagi bir kuni bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lgan barcha talabalarni tadbirlarimizga taklif etamiz.

YoBIMM bo‘limi