TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

Talabalar turistlar bilan suhbatda

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari Ziyadulloyeva Mohidil va Sattorova Dildora QXM 109-guruh va GM 110-guruh talabalari bilan birgalikda 17-aprel kuni Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, ingliz tili darsini sinfdan tashqari tashkil qilishdi. Talabalar xiyobondagi Amir Temur haykali va ko'plab ijod mahsulotlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni ingliz tilida o'rganishdi, hamda chet davlatlardan kelgan turistlar bilan o'zaro muloqot qilishib, mamlakatimiz tarixi va madaniyati haqida fikr almashishdi. Bu jarayon universitetimiz talabalari uchun ingliz tilidan amaliyotda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratib berib, darsning bu tarzda tashkil qilinishi barcha talabalar tomonidan iliq qabul qilindi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi M.Ziyadulloyeva axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati