TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Talabalar turar joyiga tashrif

2024 yil 19 aprelda “Yer resurslari va kadastr fakultetining” professor-o’qituvchilar (Z.Xafizova va X.Komilovalar ) 4- talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. U yerda talaba qizlarning yashash sharoitlarini ko’zdan kechirib, yotoqxonadagi tartib-intizom va gigiena qoidalariga rioya qilish to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi.

Undan tashqari  bahor faslini kirib kelganligi, havoni xarorati yaxshi bo’lganligini hisobga olib, xonalarni tez-tez shamollatib turish  va kiyinish madaniyati to’g’risida ham to’xtalib o’tdi. Darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun qo’shimcha tugaraklarga qatnashish va ko’proq  kitob o’qish  bo’yicha ham takliflar berishdi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati