TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

Sport sinovlariga start berildi

Joriy yilning 24-aprel sanasida "Energetika" fakulteti sport sevar talabalari universitet rektorining 13.04.2024 yil bilan tasdiqlangan grafik  bo‘yicha  "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarida faol ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq sport sinovlarini topshirgan fuqarolarning  tahliliy maʼlumotlarini yagona elektron bazada yuritish amaliyotini joriy etish maqsadida my.sport.uz platformasida fakultet talabalari “Sport sinovlari”ga ro'yxatdan o'tishdi. Birinchi boshqich 60 metr va 2000 metrga yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi va talabalarimiz yuqori natijalar bilan ishtirok etishdi. Kelgusi musobaqalarga yosh sportchilarga omad tilaymiz.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati