TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

Sen qonunni bilasanmi?

Joriy yilning 7-may kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o’rtasida Sen qonunni bilasanmi?” mavzusida ko’rik - tanlov tashkil etildi. Tanlov fakultet xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova, fakultet tyutorlari G.Ahmedjanova, va D.Ahrarovalar tomonidan tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov qonunchilik bo’yicha tuzilgan savollar asosida o‘tkazildi. Tanlovda “Everest”, “G’oliblar”, “Liders” jamoalari bellashishdi va tanlov yakunida hakamlar tomonidan qo‘yilgan baholarga ko‘ra 1-o‘rinni “Everest” jamoasi, 2-o‘rinni “Liders”   jamoasi, 3-o‘rinni “G’oliblar” jamoasi egalladi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan  asosiy ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida huquqiy ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, jamiyatda qonun ustuvor bo‘lishiga erishish, Respublikamizda amaldagi qonunlarning mazmun - mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni ishtirokini ta'minlashdan iboratdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati